(2-q.)
Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki
tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar
kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston
Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan
xususiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro
shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
(4-q.)
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasida jami bir yuz
sakson uch kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda
turgan
muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oʻn ikki oylik
muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu
moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi
boshqa
hujjatni taqdim etsa, oʻzining arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining soliq
rezidenti deb eʼtirof etilishi mumkin.
(6-q.)
Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan boʻlib turishi davri uning
qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi
hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi.
(7-q.)
Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning
quyidagi davrlar mobaynida boʻlgan vaqti uning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan
vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida boʻlgan davri;
2) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan, xalqaro shartnoma boʻyicha tuzilgan
xalqaro tashkilotning xodimi sifatida boʻlgan davri;
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida
koʻrsatilgan shaxslar oilasining aʼzosi sifatida boʻlgan davri.
(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt boʻlganligidan qatʼi nazar, chet
elda xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat
hokimiyati organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof
etiladi.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganlikni
tasdiqlash uchun
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning
davlat chegaralarini kesib oʻtganlik toʻgʻrisidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi
Oʻzbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi
vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasiga
kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qoʻyiladi. Shuningdek shaxsning
Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganligi davlat organlari va tashkilotlar
tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud boʻlgan
maʼlumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi qism)
(10-q.)
Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning Oʻzbekiston
Respublikasi hududida haqiqatan ham boʻlib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa,
jismoniy shaxs soliq organiga oʻzining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda boʻlib turgan
joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning koʻchirma nusxalarini), shuningdek oʻzining haqiqatda
boʻlib turgan joyini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa
hujjatlarni (yoki ularning koʻchirma nusxalarini) taqdim etadi:
1) shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashash
uchun ruxsatnoma;
3) haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar.
(11-q.)
Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish
masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning oʻzida jismoniy shaxsni ham
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish
uchun asoslar boʻlsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq
jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan
hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy
manfaatlarining markazi
Oʻzbekiston Respublikasida deb eʼtirof etiladi:
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasida
yashasa;
2) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki)
uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli boʻlgan, istalgan vaqtda
uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin boʻlgan
koʻchmas mulkning mavjudligi.
(12-q.)
Agar jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud
boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga
binoan uning boʻlib turgan joyi boʻyicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va
roʻyxatdan oʻtgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning boʻlib turgan joyi hisoblanadi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(13-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: