(6-q.)
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan chet ellik shaxs yoki boshqa
shaxslar oldidagi nazorat qilinadigan qarz miqdori soliq toʻlovchining xususiy kapitalidan uch
baravardan ortiq boʻlsa, faqat lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi banklar va soliq toʻlovchilar
uchun esa oʻn uch baravardan ortiq boʻlsa, xarajatlarning chegirib tashlanishi lozim boʻlgan eng
koʻp miqdorini aniqlashda ushbu moddaning yettinchi - toʻqqizinchi qismlarida belgilangan
qoidalar qoʻllaniladi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha eng koʻp summalarni
har bir hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisoblab chiqarishi shart. Hisob-kitob nazorat
qilinadigan qarz boʻyicha ayrim chiqimlarning (xarajatlarning) soliq davri boshlanganidan
eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlangan summasini tegishli hisobot (soliq) davrining
oxirgi sanasida hisob-kitob qilinadigan kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlish yoʻli bilan amalga
oshiriladi.
(8-q.)
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan kapitallashtirish koeffitsiyenti
tegishli nazorat qilinadigan, toʻlanmagan qarz miqdorini ushbu chet el tashkilotining soliq
toʻlovchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi ulushiga
muvofiq boʻlgan xususiy kapital miqdoriga boʻlish hamda olingan natijani uchga, banklar va faqat
lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar uchun esa oʻn uchga boʻlish yoʻli bilan
aniqlanadi.
(9-q.)
Xususiy kapital miqdorini aniqlashda soliq toʻlovchining aktivlari summasi va
majburiyatlari miqdori (soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarz summalari, shu jumladan ular boʻyicha
kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash summalari hisobga olinmaydi) tegishli hisobot (soliq)
davrining oxirgi kunidagi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
(10-q.)
Nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha ushbu moddaning oltinchi -
toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilingan, biroq haqiqatda hisoblangan xarajatlardan
koʻp boʻlmagan summalar xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: