Samarqand viloyati
352
Surxondaryo viloyati
268
Sirdaryo viloyati
226
Toshkent viloyati
297
Fargʻona viloyati
297
Xorazm viloyati
286";
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari
0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga
moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab,
soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi
xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi
qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va
oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha
kesimida kiritadi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(3-q.)
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan
keyingi soliq davri
uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga
moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
(OʻzR
30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(4-q.)
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining
normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi yerlarining
sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq
xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga va jismoniy shaxslarga
nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi
qismlarida nazarda tutilgan
tartib tatbiq etiladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi
tahririga qarang)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq uchinchi-yettinchi qismlar
beshinchi-toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin
(5-q.)
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala
hovli
imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki
yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy
shaxslarning mulkida
boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun
belgilangan soliq stavkalari boʻyicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida
koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq oltinchi qism chiqarib tashlangan
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan
ham tadbiq etiladi
(6-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi tugallanmagan obyektlar
joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli
bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. (OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi-oʻninchi qismlari oltinchi-
toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin
(6-q.)
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan
unda joylashgan uyda
istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan
taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi.
(7-q.)
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer
uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish
amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda toʻlanadi.
(8-q.)
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq
stavkasi belgilangan soliq
stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
(9-q.)
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan
tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun
belgilangan stavka qoʻllaniladi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
Dostları ilə paylaş: