Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

438-modda. Soliq davri 
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. 
439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi 
(1-q.)
Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari 
tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning 
maʼlumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun 
berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha esa qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining 
normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining 
ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni toʻlash 
muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirib yoki toʻlov 
xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi. 


(3-q.)
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquq 
yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni 
qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq toʻlovchiga soliq summasi va uni toʻlash muddatlari 
koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishi kerak. 
(4-q.)
Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari 
bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining 
qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. 
OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
440-modda. Soliq toʻlash tartibi 
(1-q.)
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan 
keyingi oydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi. 
(2-q.)
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni toʻlash yer uchastkasi 
kamaytirilgan oydan eʼtiboran tugatiladi (kamaytiriladi). 
(3-q.)
Soliq boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga boʻlgan huquq 
yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Soliq boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq tugatilgan 
taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi. 
(4-q.)
Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-
oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin