Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

XVII BOʻLIM. 
SUV RESURSLARIDAN 
FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ 
63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 
hisoblab chiqarish va toʻlash (441 - 448-moddalar) 
63-BOB. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK 
UCHUN SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH 
VA TOʻLASH 
441-modda. Soliq toʻlovchilar 
442-modda. Soliq solish obyekti 
443-modda. Soliq bazasi 
444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
445-modda. Soliq stavkalari 
446-modda. Soliq davri 
447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq 
hisobotini taqdim etish tartibi 
448-modda. Soliq toʻlash tartibi 
441-modda. Soliq toʻlovchilar 


(1-q.)
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar (bundan buyon ushbu 
boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi 
foydalanishni yoki suvni isteʼmol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: 
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan 
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar; 
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek 
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar; 
(OʻzR 30.12.2022-
y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxslar faqat oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni toʻlovchilar deb 
eʼtirof etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin