(10-q.)
Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlarga asosan
soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi
qism) (Oldingi tahririga qarang)
(11-q.)
Sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari soliq bazasini
tabiiy va sunʼiy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv
hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan
kelib chiqib aniqlaydilar.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(12-q.)
Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish
vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning
imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga koʻra
aniqlanadi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(13-q.)
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun
ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni
(turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi
oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan
maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin
(14-q.)
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan
taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini
alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq
bazasi qaysi faoliyat boʻyicha soliq toʻlash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan
boʻlsa, oʻsha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
(15-q.)
Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar
uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi
hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan
suv hajmi deganda isteʼmol idishidagi tayyor mahsulotga toʻgʻri keladigan suvning hajmi
tushuniladi.
(16-q.)
Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat
bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob
yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-
659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
Dostları ilə paylaş: