yuridik shaxslar tomonidan - soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun
bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan
kechiktirmay.
(4-q.)
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan - har oyda keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan - soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
XVIII-1 BOʻLIM. FOYDALI QAZILMALARNI
QAZIB OLGANLIK UCHUN MAXSUS
RENTA SOLIGʻI
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan boʻlim)
64-1-bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta
soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash (454-1 - 454-7-moddalar)
Dostları ilə paylaş: