(2-q.)
Yilning choragi hisobot davridir.
454-7-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454-4-moddasiga
muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab
chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta
hisob-kitob qilinadi.
(2-q.)
Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchi
tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
renta zarari mavjud boʻlgan davrda - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-
martidan kechiktirmay;
soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda - har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot
davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan
keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
(3-q.)
Soliqni toʻlash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari
boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: