(1-q.)
Ushbu Kodeksda soliq solishning turlicha tartibi nazarda tutilgan
faoliyat turlarini bir
vaqtda amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan
bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
(2-q.)
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida
hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida yuritiladi.
(3-q.)
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob
hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
(4-q.)
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida
hisobi mutanosib usul yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli yordamida yuritilishi mumkin.
(5-q.)
Hisobga olishning
mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning
boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar realizatsiya
qilishdan olingan
tushumning umumiy summasida faoliyatning muayyan turlari boʻyicha, qoʻshilgan qiymat soligʻi
va aksiz soligʻini hisobga olmagan holda realizatsiya qilishdan olingan tushum ulushiga mutanosib
tarzda shu muayyan faoliyat turlariga kiritiladi.
(6-q.)
Toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli qoʻllanilganda
daromadlar, xarajatlar va soliq
solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar faoliyatning qaysi turi
amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa, shu turiga kiritiladi. Bunda faoliyatning faqat bitta aniq
turiga kiritish mumkin boʻlmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari
yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobga olishning mutanosib
usuli orqali faoliyatning
amalga oshirilayotgan barcha turlariga kiritiladi.
(7-q.)
Maqsadli mablagʻlar oluvchi soliq toʻlovchilar ushbu maqsadli mablagʻlardan
foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini
yuritishi shart.
(8-q.)
Soliq toʻlovchilar, bundan budjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin
oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik
toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi
hisobotning shakli va uni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: