(9-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma
yuborilishi uchun asos boʻladi.
(10-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada
bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi
yuzasidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi va (yoki) uning
bajarilishini taʼminlashga doir ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashi
shart.
Dostları ilə paylaş: