(8-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha undirilgan
foyda soligʻi summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu
moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
(9-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi
shartnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha
mavjud boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinishi lozim boʻlmagan va (yoki) hisobga
olinmagan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining ortiqcha
undirilgan summalari soliq toʻlovchilar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul
ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga uning yozma arizasi asosida hisobga olinishi yoki
qaytarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: