107-modda. Mol-mulk garovi (1-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati mol-mulk
garovi bilan taʼminlanishi mumkin.
(2-q.)
Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Soliq toʻlovchining oʻzi yoki uchinchi shaxs garovga qoʻyuvchi boʻlishi
mumkin.
(3-q.)
Soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha
majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qoʻyilgan mol-
mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda
amalga oshiradi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq oʻziga nisbatan garov belgilanishi mumkin boʻlgan
mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garov predmeti boʻlishi
mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Boshqa shartnoma boʻyicha garov predmeti soliq organi va garovga qoʻyuvchi
oʻrtasidagi shartnoma boʻyicha garov predmeti boʻlishi mumkin emas.
(6-q.)
Garov chogʻida mol-mulk garovga qoʻyuvchida qolishi yoxud garovga qoʻyuvchining
mablagʻlari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qoʻyilgan mol-mulkning but
saqlanishini taʼminlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin.
(7-q.)
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi
summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda
amalga oshirilishi mumkin.
(8-q.)
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga
keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha
qoida belgilanmagan boʻlsa, fuqarolik qonunchilikning qoidalari qoʻllaniladi.
(OʻzR 21.04.2021-
y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)