(2-q.)
Tegishli penyalarning summasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalaridan tashqari
va soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlashga
doir boshqa choralar,
shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralari
qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi
qism)
(3-q.)
Penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqni toʻlash kunidan keyingi
kundan boshlab soliqni
toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun hisoblanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish
toʻgʻrisida ariza berilganligi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga penyalar hisoblanishini
toʻxtatib turmaydi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchi, uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi
yoki pul mablagʻlariga taqiq qoʻyilishi shaklidagi soliq organining undirish toʻgʻrisida taʼminot
choralari haqidagi qarori qabul qilinganligi sababli toʻlay
olmagan soliq qarziga penya
hisoblanmaydi. Bunday holda penyalar koʻrsatib oʻtilgan holatlarning butun amal qilish davri
uchun hisoblanmaydi.
(6-q.)
Soliqni hisoblash va toʻlash tartibi haqida yoki soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikni
qoʻllashga doir boshqa masalalar boʻyicha moliya yoki soliq organi (uning mansabdor shaxsi)
tomonidan oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga yoki nomuayyan doiradagi shaxslarga
berilgan yozma tushuntirishlarni bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha
qarz summasiga penya hisoblanmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi
qism)
(7-q.)
Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga
yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz
summasiga ham hisoblanmaydi.
(8-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar, shu organning
mohiyati va mazmuniga koʻra soliq qarzi hosil boʻlgan soliq (hisobot) davrlariga taalluqli tegishli
hujjat mavjud boʻlgan
taqdirda, shunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, aniqlanadi.
(9-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlari qoidalari,
agar soliq organining
mazkur yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan
toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi.
(10-q.)
Har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning toʻlanmagan summasidan kelib
chiqib foizlarda belgilanadi.
(11-q.)
Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda
amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.
(12-q.)
Penyalar tegishli soliq toʻlanadigan budjetga (davlat maqsadli jamgʻarmasiga)
toʻlanadi.
(13-q.)
Penyalar soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan,
shuningdek soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki hisobidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda
tutilgan tartibda majburiy ravishda undirilishi mumkin.
(14-q.)
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda
undirish ushbu Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda,
boshqa jismoniy
shaxslardan esa - ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(15-q.)
Ushbu Kodeksning 120-moddasi yettinchi - sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan
hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda
undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
(16-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: