Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to’g’risidagi konvensiyaga (CEDAW) asoslanib O’zbekiston hukumati o’zining
Milliy faoliyat rejasini qabul qildi va Konvensiyani amalga oshirish monitoringini
olib borish va muvofiqlashtirish uchun ishchi guruhini tashkil qildi. Hukumat
shuningdek xotin-qizlarning o’z huquqlaridan ogohlik darajasini oshirish va
jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash borasidagi qator tadbirlarni qo’llab-
quvvatladi
2
.
Oliy va kasb-hunar ta’limi darajalarida o’qishni davom ettirish va iqtisodiyotda
xotin-qizlarning faolroq ishtiroki o’zbek jamiyatidagi gender stereotiplari va xotin-
qizlarning faqat uy-ro’zg’or ishlari bilan cheklanib qolishiga asta-sekinlik bilan
barham berishda muhim o’rin tutadi. Hukumat buni tan olib, Milliy faoliyat rejasi
va qator dasturlarda qizlarning ta’limiga katta e’tibor qaratmoqda
3
. Hususan,
O’zbekiston Konistitutsiyasida ta’kidlanishicha: “O’zbekiston Reseblikasida
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar
qonun oldida tengdirlar”. (Konstitutsiyaning 18-moddasi).
Xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi tenglikning qo’shimcha kafolati sifatida
Konstitutsiyaning 46-moddasida qat’i belgilab qo’yilgan: “Xotin-qizlar va erkaklar
teng huquqlidirlar”.
Dostları ilə paylaş: |