Mahalliy rejalashtirish uchun salohiyatni oshirish
Mazkur loyiha xususiy sektordagi mahalliy hokim va rahbarlar salohiyatini
rivojlantirish orqali salohiyatni oshirish sektor dasturini to’ldiradi. U mahalliy
ma’muriyatning boshqarish, rejalashtirish va monitoring malakalarini oshirishga
yo’naltirilgan. Hozirgi kunda UNICEF turli darajadagi mahalliy hokimiyat
rahbarlari uchun Davlat va Jamiyat Qurish Akademiyasi bilan birgalikda o’qitish
kurslarini tashkil qilmoqda. Akademiya xodimlari bilan hamkorlikda mavjud
o’quv dasturiga maxsus kurs ishlab chiqildi va kiritildi. Bu kurs o’tkazilgan
monitoring va Bola huquqlari Konvensiya natijalariga asoslangan menedjement
kabi masalalarni qamrab olgan. Hozirgacha bu o’quv kursining ishtirokchilari
hokimlar o’rinbosarlari va 9 viloyat turli sektorlarining rahbarlari bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |