Xiva — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagishahar. Xiva shahri markazi. Oʻzbekistonning shimoliy gʻarbida, Xorazm viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimiy Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². 2022-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman doimiy aholisining soni 149 698 kishi, Xiva shahri — 95 246 kishini tashkil qilgan.[1] Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a Sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.Qadimgi davrdaXiva — Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi „Xiauv“ — qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831-yilda yozgan „Dili Gʻaroyib“ asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom sanar ekan, „Bu mamlakatning yana bir qalʼasi — Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir“ deydi.Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qadimiy Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.Xiva haqidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arab va fors tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi.Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100 shahar boʻlib, dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.Miloddan avval 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Ahamoniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva — Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan.712-yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyohlari Istaxriy va Muqaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221-yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1388-yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920-yil 2-fevralgacha Xiva xonligipoytaxti boʻlgan. Xonlik 1873-yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920-24-yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S. P. Tolstov, Yahyo Gʻulomov, A. I. Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984-1993-yillarda arxeologik kazishma ishlari rejaliravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston Fanlar Akademiasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridi. Shahar hududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qadimiy qismi — Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining ilk davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr miloddan avval 5-asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiqlari shu davrga mansub. Miloddan avval 5-asr oxirida XorazmEronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.Miloddan avval 4-3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22- 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4-8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq — devor bilan oʻrab chiqilgan.Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar miloddan avval 4-3-asrlarga taalluqli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma — koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qadimiy qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Miloddan avval 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.Milod boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1-3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5- 9 m ga yetdi.Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, milodiy 4-5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6-8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.
Xiva — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagishahar. Xiva shahri markazi. Oʻzbekistonning shimoliy gʻarbida, Xorazm viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qadimiy Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². 2022-yil 1-yanvar holatiga Xiva tuman doimiy aholisining soni 149 698 kishi, Xiva shahri — 95 246 kishini tashkil qilgan.[1] Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a Sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.