O'zbekiston respublikasining yoqilg'i energetika majmuasi geografiyasi mundarija kirish I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari


NEFT-GAZ VA KONDENSATNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 127,36 Kb.
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü127,36 Kb.
#199885
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOQILG\'I ENERGETIKA MAJMUASI GEOGRAFIYASI

1.3. NEFT-GAZ VA KONDENSATNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Hozirgi kunda xalq xо`jaligida tabiiy gazning 58,4% ichki ehtiyoj uchun, 6,5% yer osti omborlariga, 12,5% salqing jarayoniga va 22,5% eksportga jо`natiladi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda hosil bо`lgan moddalar tо`g`ridan-tо`g`ri haydash natijasida olingan past oktanli benzinlar, shuningdek benzol, toluol va shu kabilarni olishda chiqadigan qо`shimcha moddalar asosiy xom-ashyo sifatida foydalanilmoqda.
Neft xomashyosi neft gazi yoki suyuq neft mahsulotlari holatida kimyo sanoati uchun tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Ularni avval qayta ishlash natijasida faol moddalar hosil qilinadi. Bunday moddalarga birinchi navbatda tо`yinmagan uglevodorodlardan olefinlar, etilen, propilen va butilenlar kiradi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalaniladi va yangi moddalar olinadi: suniy kauchuk, plastmassalar, sintetik tolalar, yuvuvchi moddalar va hakozolar ishlab chiqariladi.
О`zbekistonda hozirgi kunda metallurgiya sohasiga qarashli Bekobod metallurgiya zavodi, Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya zavodi, barcha turdagi mashina va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar va shu kabilar neft va gazdan foydalanuvchi asosiy sanoat korxonalari hisoblanadi. Sho`rtan gaz kimyo majmuasini va suniy suyuqlik yoqilg`isini ishlab chiqaradigan zavodning istiqbolli kelajagi tabiiy gazni qazib olish jarayoni bilan chambarchas bog`langandir. Qatlam sharoitida neft uch qismdan tashkil topadi. Yuqori yuza sirtida gaz va qisman parafinga yо`qotiladi. Yer bag„ridan qazib olingan neftning tarkibidagi gaz yо`ldosh gaz hisoblanadi. Kon tizimida ajralib chiqqan gazga neft gazi deyiladi.
Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan. О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Vatanimiz O’zbekiston mustaqillikga erishgach neft va gaz sanoatida qator o’zgarishlar va islohatlar o’tkazildi. Ammo ungacha ham mamalakatimiz o’zining neft va gaz sanoatiga ega bo’lgan. Xususan O’zbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1906-yili olina boshladi. Demak neft sanoati tarixi vatanimizda II jahon urishidan oldin yuzaga kelganini anglashimiz mumkin.
U vaqtda tabiiy gazning chiqadigan miqdori juda ham oz bo’lgan (yiliga tahminan 0.7-3 mln ). Yuqorida aytib o’tganimizdek, O'zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1906-yilda boshlangan. Ammo ungacha bo’lib o’tgan ishlar 1900-yilda Farg'ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904-yilda boshlangan bo‘lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otilib chiqqan neft olindi. Bu voqealar albatta diqqatga sazovor.
1906-yilda Farg'ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft otarava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr tomonidan aniqlandi. Bu neftdan olingan asosiy mahsulot esa yoritish kerosini va isitish manbai bo’lib qolaverdi xalos. So’ngra zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916-yillarda O'rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo'lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo‘l orqali qadoqlangan shaklda Afg'oniston va Xitoyga eksport qilingan.
1907-yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimyon konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo'lgan to'rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940-yilda zavod o'z laboratoriyasiga ega bo'lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o'sganida yillik quvvati 176 000 tonnaga yetdi. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asrning 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan.
О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asrning 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan. 1972-yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980-yilda Sho'rtandagi zavod ishga tushurilgan.
Shu tariqa kun sayin rivoj topib Neft va gaz sanoati o’zining bugungi qiyofasini yaratib oldi. Hozirda vatanimiz neft qazib olish, qayta ishlash, eksporti bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi va oz fursatda mamlakatimizdagi neft va gaz tarifi sezilarli darajada o’z rivojini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
“Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya manbai, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga 15 foizga koʻp tabiiy gaz va 1,6 barobarga koʻp suyultirilgan gaz yetkazib berildi.Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab
qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo komplekslarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.
Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish uchun 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan…”. -deya qayd etadi.
Nafaqat yurtimizda balki butun yer yuzida yoqilg'i energetik balansi, neft-gaz va kondensati yuqori o'rinda turadi. Sanoatning tez o'sishi tufayli neft mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj borgan sari ortib borayapti. Sintetik kauchuk, tola, sirt aktiv moddalari, yuvish vositalari, bo'yoq va boshqalar ishlab chiqarish ko'paymoqda. Shu maqsadlarda dunyo miqyosida olinayotgan neftning 8 % sarflanayotganligi ma'lum. Neft kimyosi va asosiy organik sintez texnologiyasida bu xomashyolardan ishlab chiqarilayotgan yuzlab mahsulotlar xalq xo'jaligida keng ishlatilmoqda. Respublikamiz korxonalarida ushbu mahsulotlardan olinayotgan polietilen va polipropilen plyonkalari, o'g'itlar, turli kimyoviy preparatlar qishloq xo'jaligida asqotyapti. Neftdan olinayotgan moylar (mineral moylar), erituvchilar (nefraslar), smolalar va boshqalar yiliga millionlab tonna miqdorda ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda asfaltlar (asfaltenlar), bitum va boshqa qoldiq neft mahsulotlari yo'l qurilishida, fundamentni mustahkamlashda, mastika, plastifikator, antioksidant va antiseptik ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bundan shu ayon bo'ladiki, neft-gaz va kondensatlardan xalq xo'jaligining deyarli barcha sohalarida keng va unumli foydalanib, texnikaning asosiy xomashyolari hamda ajralmas komponentlari sifatida ishlatilmoqda.
Yer qarida, asosan, qora rangli yog'simon suyuqlik bo'lgan neft uchraydi. U yonuvchi minerallardan hisoblanib, quyosh nurida tovlanadi, soviiqda qota boshlaydi, isitilganda birmuncha suyulib, harakatchan bo'lib qoladi. Qovushqoqligi keng ko'lamda o'zgarib, o'rtacha olganda 5 dan 100 t (10,6 m2 /sek) gacha boradi, zichligi suvnikidan biroz pastda bo'ladi. Neft bir jinsli suyuqlik bo'lmay, tarkibida turli molekula og'irligiga ega uglevodorodlar aralashmasini saqlaydi. Tarkibi ham bar xil bo'lib, oltingugurtli, kislorodli, azotli va smolasimon moddalarni o'z ichiga oladi. Neft haydalganda 40-50°C atrofida qaynaydi. Haydalgandan keyin qoluvchi qoldiq modda gudron nomi bilan ma'lum bo'lib, yarim qattiq massadir. Neft yondirilganda, deyarli kul hosil qilmaydi, uning issiqlik sig'imi 4,2 10 atrofida bo'lib, qattiq holdagi yonuvchi moddalarnikidan birmuncha yuqoriligi bilan ajralib turadi.



Yüklə 127,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin