O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular O‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi: Joriy baholash mezonlari A’lo bahoga:
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g’ri bayon qilib bersa; voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g’ri tasvirlasa; ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to‘g’ri bayon qilib bersa; voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g’ri tasvirlasa; ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O‘rta bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;