2.2. “Ma`naviyatli odam kim?” mavzusi bo`yicha “Ma`naviyat saboqlari”
mashg`ulotlarini olib borish texnologiyasi
Ma`lumki, maktabgacha ta`lim tashabbuskor, ijtimoiy faol, ma`naviy
jihatdan boy shaxsni shakllantirishning birinchi pog`onasidir. Yoshlarimizni
yuksak ma`naviyatli bo`lib shakllanishiga davlatimiz rahbari– Prezidentimiz
I.A.Karimov ham doimo e`tibor berib kelmoqda. Fikrimiz dalili sifatida
quyidagiga e`tiboringizni qaratamiz: “Ko`p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar
shuni ko`rsatadiki, inson o`z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70
foizini 5 yoshgacha bo`lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda
shakllanishini inobatga oladigan bo`lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida
oiladagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk ko`rtaklari namoyon bo`la boshlaydi”.
Prezidentimizning ushbu fikri bevosita MTM ga va ularning oila muhiti bilan
aloqasiga bog`liqdir, chunki MTM ning o`rta, katta va maktabga tayyorlov
guruhlarida 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadilar. Bolalarning intellektual
salohiyatlarining va ma`naviy saviyasi shakllanishining dastlabki bosqichi ham
xuddi ana shu yoshdan boshlanadi. MTMsi ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan Davlat
talablari (“Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning 10 va 11 hamda 4 - 9 moddalari,
“Barkamol avlod” yili Davlat dasturi, YuNESKO tomonidan 1997 yilgi
“Maktabgacha ta`lim” atamasini uzluksiz ta`lim tizimi tarkibiga kiritilishi,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va shu kabilar) va “Maktabgacha ta`lim”
konsepsiyasida ham yangi pedagogik texnologiyalarini qo`llashlarga e`tibor
qaratilgan.
19
Ushbu talablarni va ulargan mos zamonaviy texnologiyalarni MTM ga keng
joriy etish maqsadida “Ma`naviyat saboqlari” ruknidagi darslar majmuasini ishlab
chiqdik. Ular mavzulari va ularni olib borishga qisqacha tavsiyalar mazkur
ishimizning 2.2 - qismida ma`lumot berilgan edi.Quyida ana shunday rukndagi
dars mashg`ulotlaridan “Ma`naviyatli odam kim?”, degan mavzu ishlanmasini
keltiramiz. Buning uchun dastlab ushbu mavzuga mos darsning oldindan
loyihalashtirilgan texnologik xaritasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |