O`zbekiston respubliksi oliy va o`rta



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix09.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#56859
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tuganbekova A.

Ochko`zlik-ofat 

Inson  doimo  do`stiga  sadoqatli  bo`lishi,  xiyonat  qilmaslgi  lozim.  Ayniqsa 

o`rtalarida  katta  boylik  turgan  paytlarda  nafs  yo`liga  kirib,  do`stining  ishonchini 

suiste`mol  qilmasligi  shart.  Bilaks  uni  Alloh  kechirmay,  og`ir  jazolarga  mubtalo 

etadi. Bu holat  bir kattakon  xum  to`la oltin topib olgan ikki do`stning  qilmishlari 

haqidagi rivoyatda juda aniq bayon qilingan. 

 

 

Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir qishloqda ikki do`st yashagan ekan. Ular 



shunchalik qadrdon, bir-birlariga mehribon ekanlarki, hatto bir mayiz topsalar ham 

eng  ikkiga  bo`lib  yeyisharkan.  Ular  bir  kuni  toqqa  kaklik  ovlagani  borishibdi. 

Qoyama-qoya, cho`qqima-cho`qqi yurib kattakon g`oya yonidan chiqib qolishibdi. 

Bir  kaklik  esa  uchib  borib  g`orga  kirib  ketibdi.  Ikki  do`st  ham  uning  ketidan 

kirishibdi.  Qarashsa  kaklik  bir  chetda  turgan  toshlar  ostiga  yo`rg`alab  ketibdi. 

Yigitlar asta-sekin toshlarni olib tashlab kakliklarni qidira boshlabdi. Ular o`n-o`n 

beshta  yirik  toshni  olishgan  ekan,  bir  katakon  xum  ko`rinibdi.  Xumni  olib 

qarashsa, ichi to`la oltin ekan! 

Ikki do`st quvonganidan do`ppilarini osmonga otishibdi. Endi yaqin oradagi 

qishloqlarga  bizdan  boy,  baxtli  odam  yo`q,  deb  shodlanganlaridan  bir-birlarini 




28 

 

quchoqlashibdi. Ammo xum shu qadar oxir ekanki, uni ikkovlon zo`rg`a o`rnidan 



siljitishibdi.  Sababi  ov  ishqida  cho`qqima-cho`qqi,  qoyama-qoya  yuraverib 

charchashgan, boz ustiga qorinlari ham juda och ekan. Shunda do`stlardan biri: 

-  Og`ayni  bu  holatda  xumni  ko`tarib  qishloqqacha  olib  ketishimiz  amri  mahol. 

Yaxshisi  biror  yemak  topib,  qorinni  to`yg`azaylik.  Keyin  baquvvat  bo`lib  xumni 

ko`taramiz, - debdi. 

Ikkinchi  do`stga  ham  bu  taklif  ma`qul  kelibdi.  Ular  maslahatlashib  birlari  g`orda 

qolib,  oltinga  soqchilik  qiladigan,  ikkinchilari  qishloqqa  borib  biror  yegulik  olib 

keladigan bo`lishibdi. 

Do`stlardan  biri  qishloqqa  yegulik  olgani  ketarkan,  bir  xum  “Sariq 

shayton”ning  vasvasasiga  uchibdi.  Do`stlikka  sadoqat,  insoniylikdan  nafs  balosi 

kuchlilik qilibdi. “Agar, - deb o`ylabdi u.-do`stim bo`lmaganida bir xum oltinning 

hammasi  bir  o`zimniki  bo`lardi.  Yaxshisi  olib  keladigan  ovqatga  zahar  solib 

kelaman. Do`stim yeydi-yu, til tortmay o`ladi. Oltin esa meniki bo`ladi!”. 

G`orda  oltinni  qo`riqlab  o`tirgan  anovi  sherikning  ham  feli  buzilibdi.  “Sariq 

shayton” uni ham yo`ldan uribdi. “Do`stim ovqatni olib g`or og`ziga kelganida, - 

deb rejalashtiribdi u, -  men yuqoridan kattakon toshni boshiga tashlayman. O`lsa, 

oltinning  hammasi  o`zimga  qoladi!”  Oltin  poyloqchisi  o`z  qabih  rejasini  amalga 

oshirish  niyatida  g`or  tepasiga  chiqib,  bekinib  turibdi.  Do`sti  g`or  og`ziga 

kelganida  kattakon  xarsangni  uning  tepasiga  dumalatibdi.  Tosh  ostida  qolgan 

do`sti  shu  zahotiyoq  jon  taslim  qilibdi.  “Ana,  -  debdi  u  xursand  bo`lib,  -  hamma 

oltin  bir  o`zimga  qoldi.  Avval  to`yib  olay,  keyin  oltinni  ko`tarib  uyimga 

jo`nayman!”.  Zahar  solingan  ovqatni  yegan  hamtovoq  ham  o`libdi.  Bir  xum  oltin 

esa yana kimsasiz g`orda qolib ketibdi. 

  


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin