1. O’zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarida sanoatning roli. 2. Sanoat tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlar.
O’zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi etakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin tutib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun moddiy-texnika vositalarini to’xtovsiz takror ishlab chiqarish manbai sifatida faoliyat ko’rsatadi, iqtisodiy rayonlarning, viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish texnikaviy darajasini belgilab beradi hamda moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatiga ta’sir ko’rsatadi.

Respublika sanoati paxtachilik, ipakchilik, mevachilik, qorako’lchilik talablari va ehtiyojlari negizida shakllandi, taraqqiy etdi. Sanoat tarmog’ining rivojlanishi va joylanishiga qator omillar va sharoitlar ta’sir ko’rsatadi
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat ishlab chiqarishini va xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida qabul qilingan. Bu o’rinda dastaval O’zbekistonni jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilishini tezlashtiradigan, uni dunyoga «tanitadigan», mehnatni ko’p talab etib, suv va xomashyoni nisbatan kam iste’mol qiladigan, asosan mahalliy mineral resurslar va qishloq xo’jaligi xomashyosiga asoslanadigan ishlab chiqarishni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi. Chunki, sanoat mamlakat iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish dara-jasini belgilab beradi. Barcha xo’jalik tarmoqlari ichida sanoat tarmog’i etakchi o’rinda turadi. O’zbekistonda uning 100 dan ortiq tarmoqlari mavjud