O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/4
tarix19.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100463
1   2   3   4
1428624236 61067

Suv muammosi murakkab ko`p qirrali, keng miqyosdir. U bir qancha kichik yoki bir aspektli muammolar majmuasidan iborat (sxemaga qarang), Ularning jami bir – birlariga bilan uzviy bog`liq va taqazo etadi. Suv muammosini yechimida ularni barchasiga alohida ahamiyat berilishi va e`tiborga olinishi darkor.

Atosfera havosining ifloslanishi Bilan bog`liq muammolar. Tirik organizm hayotida havoning musaffoligiga suvdan boshqa komponentlarni solishtirib bo`lmaydi. Havo qanchalik toza va beg`ubor bo`lsa inson hayoti ham shunchalik sog`lomligi va mustahkamligi Bilan tavsiflanadi. Sanoat shaharlari va yirik aholi punktlari avtotransport qatnovining gavjumligi havoni ifloslantiradi. Ishlab chiqarish xarakterga qarab havoga ko`p turdagi chiqindilar chiqariladi. Masalan: respublika sharoitida chiqindilarning taqsimlanishi quyidagicha uglerod oksid 53% , oltingugurt angidriti 15%, azot oksidlari 4%, uglevodorodlar 8%, qattiq moddalar5%, yuqori darajadagi zaharli o`ziga hos moddalar 15%. Keyingi vaqtlarda atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarni miqdori 1985 yildan e`tiboran kamayib borish yo`nalishida bo`lsa 1996 yilda bu raqam 2,1 mln. T.gacha kamayadi. Bu jarayon ma`lum tadbirlarni amalga oshirilishi Bilan bog`liq . Umumiy chiqindilar majmuasida avtotransport ulushi ko`pligi Bilan ajralib turadi. Sanoat korxonalarida chiqadigan chiqindilarni tarqalishi shamol harakati tezligi va yo`nalishiga bog`liq. Tog` oldi va tog` vodiylarida chiqindilar shamol ta`sirida kata xududlarga yoyiladi. Oxongaron, Chirchiq, Surxondaryo vodiylarida bu jarayon yaxshi ifodalangan Oxongaron vodiysida Olmaliq tog` metallurgiya kombinati, Oxongaron sement zavodi, Nurobod , Angren GRES chiqindilarining tarqalish miqyosi, ayniqsa kata xatto Chotqol biosfera qo`riqxonasida ham og`ir metallar changlarini uchratish mumkin. Kombinatning faol ta`siri 20 – 25 km gacha yaxshi seziladi.

Yer resurslaridan foydalanish natijasida vujudga kelgan muammolar. Insonning xo`jalik faoliyati aksariyat yerda amalga oshadi. Yer dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik negizi. Uzoq tarixiy yillardan beri insonni yer boqib kelmoqda, kiyintirmoqda, sog`lig`ini tiklamoqda va hakazo. Shuning uchun ham yerdan turlicha foydalanish jarayonida turli muammolar tarkib topmoqda. Ularni barchasini bita, ya`ni , Yermuammosi deb atash mumkin. Insonning butun sivilizatsiya mobaynida 2,5-3,0 mld ga yerni muamaladan chiqardi. (Kovda 1985). Hozir ham yiliga o`rtacha 15 mln ga yer muomaladan chiqib bormoqda.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin