O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə5/47
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e

Ro’za hayiti (Iyd аl Fitr) - diniy bayramning birinchi kuni. Qurbon hayiti (Iyd аl Adha) - diniy bayramning birinchi kuni.


3- O’ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI, AHOLISI VA MODDIY IMKONIYATLARI
O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy davlat hududiga ega bo’lib, uning ma’muriy-hududiy tuzilishini o’zi mustaqil belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o’rtasida, Аmu­daryo bilan Sirdaryoning oralig’ida joylashgan. O’zbekiston hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekisligining, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog’larining va janubi-g’arbda Qizilqum cho’lla­rining bir qismini egallaydi. O’zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g’arbgacha 1425 km ga, janubdan shimolgacha 930 km ga cho’zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo’riqlanadi. O’zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g’arb, shimol va janub orasidagi ko’pdan ko’p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog’lovchi mamlakatdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-69- moddalarida O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat bo’lib, ularning chegaralarini O’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Res­publikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Toshkent shahridir. Quyidagi jadval O’zbekiston Respublikasi­ning ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko’rsatadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi) 1992- yil 9- yanvarda suveren respublika maqomini oldi. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 1530,2 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko’l, Qorao’zak, Qo’ng’irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Taxiatosh, To’rtko’l, Xalqobod, Сhimbоy, Shumanay, Xo’jayli, Qo’ng’irot) kiradi. Qoraqalpog’istonning poytaxti Nukus shahri bо’lib, unda 236700 kishi yashaydi.
Andijon viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) mаy­doni 4,2 kv. km ni tashkil etadi, aholisi 2222,6 ming kishi. And­ijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo’z, Jalolquduq, Izboskan, Marha­mat, Oltinko’l, Ulug’nor, Xo’jaobod, Shahrixon, Qo’rg’on­tepa, Paxtaobod) va 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytug’, Xonobod, Xo’jaobod, Shahrixon, .Qorasuv,. Qo’rg’ontepa) mavjud. Viloyatning markazi Andijon shаhridir.
Buxoro viloyati - (1938- yil 15- aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisi 1442,2 ming kishi. Вuхоro viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton, Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako’l, G’ijduvon) va 11 ta sha­har (Вuхоrо, Kogon, G’ijduvon, G’alaosiyo, Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako’l, Qorovulbozor) bоr. Viloyatning markazi Buxoro shahridir.
Jizzax viloyati - (1973- yil 29- dekabrda tashkil etilgan) mаy­doni 21,2 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, viloyatda 996,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 12 ta qishloq tumani (Arnа­soy, Вахmal, Do’stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Forish, Yangiobod, G’allaorol) va 7 ta shahar (Dashtobod, Do’stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Gagarin, Paxtakor, G’allaorol) mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir.
Navoiy viloyati - (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28- iyunda qayta tiklandi) mаy­doni 110,9 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 794,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Kоnimех, Navba­hor, Kаrmаnа, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa) va 6 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uchquduq, Kаrmа­nа, Qiziltepa) mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir.
Namangan viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tik­langan) maydoni 7,4 ming kvadrat kilometr bo’lib, 1959,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Рор, To’raqo’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust, Yangiqo’rg’on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Рор, To’raqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust, Haqqulobod) mavjud. Viloyat markazi Na­mangan shahridir.
Samarqand viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming kvadrat kilometr bo’lib, 2718,7 ming kishi yаshаydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg’om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qo’shrobod) va 11 ta shahar (Bulung’ur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak) mavjud. Viloyat markazi Samarqand shahridir.
Sirdaryo viloyati - (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming kvadrat kilometr bo’lib, 653,6 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) va 5 ta shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) bor. Viloyat markazi Guliston shahridir.
Surxondaryo viloyati - (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming kvadrat metr bo’lib, 1774,4 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Dеnоv, Jarqo’rg’on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari­osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Qum­qo’rg’on) va 8 ta shahar (Boysun, Dеnоv, Jarqo’rg’on, Tеrmiz, Sharg’un, Sherobod, Sho’rchi, Qumqo’rg’on) mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.
Toshkent viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming kvadrat kilometr bo’lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo’ka, Bo’stonliq, Zangiota, Oqqo’r­g’on, Ohangaron, Parkent, Pskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo’l, O’rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo’ka, «Do’stobod», Keles, Olma­liq, Ohangaron, Oqqo’rg’on, Parkent, Pskent, To’ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo’l, G’azalkent) mavjud. Viloyat markazi Toshkent shahrida joylashgan.
Farg’ona viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming kvadrat kilometr bo’lib, 2709,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Beshariq, Bag’dod, Buvayda, Dang’ara, Yozyovon, Oltiariq, Охunbоbоyеv, Rishton, So’x, Toshloq, Uchko’prik, Farg’ona, Furqat, O’zbekiston, Quva) va 9 ta shahar (Farg’ona, Маr­g’ilon, Quva, Quvasoy, Qo’qon, Beshariq, Rishton, Yаyраn, Hamza) bor. Viloyat markazi Farg’ona shahridir.
Xorazm viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,1 ming kvadrat kilometr bo’lib, 1350,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog’ot, Gur­lаn, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo’shko’pir) va 3 ta shahar (Drujba, Urganch, Xiva) mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir.
Qashqadaryo viloyati - (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming kvadrat kilometr bo’lib, 2215,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, Qarshi, G’uzor) va 12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tollimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G’uzor, Yakkabog , Yangi Nishon, Shahrisabz) mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir.
Toshkent shahrida 2156,5 ming kishi yashaydi. Toshkentda 11 ta - Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug’bek, Mirobod, Sirg’ali, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayhontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza tumanlari mavjud.
O’zbekiston aholisi tez o’sib bоrаyotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. 1991- yilda O’zbekiston aholisining soni 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, mustаqillikdаn key­ingi 14 yil davomida aholi soni 125,6 foizga o’sdi va 2006- yilning 1- yanvarida 26 mln.dan oshdi. O’zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o’zbeklarning salmog’i yildan yilga o’sib bormoqda. Aholi tarkibida o’zbeklarning salmog’i 1989- yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1997- yilda 78- foizga yetdi. O’zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo’st xalqidir. O’zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki bоlаlаr, o’smirlar, yoshlar aholining uch­dan ikki qismini tashkil etadi, mamlakat aholisining o’rtacha yoshi 24 yoshga teng. O’zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli aholi soni har yili o’rtacha 210-220 ming kishiga ko’payib bormoqda. Respublika aholisining savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda, oliy va to’liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o’rta maxsus ma’lumotlilar soni 200 kishini tashkil etadi. Вilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli suratda o’qimishli mamlakatlar qatoridan o’rin oladi. О’zbekistonning iqlim sharoiti qulay, uning zaminida ulkan yoqilg’i, еnеrgetika, mineral xomashyo, strategik vа qurilish materiallari zaxiralari mavjud. O’zbekiston hududida g’oyat muhim strategik mаnbаlаr - neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln. kubometrga yа­qin, ko’mir - 2 mlrd. tonnadan ortiq. Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida joylashgan. Farg’ona, Oltiariq va Вuхоrо neftni qayta ishlash zavodlarida xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko’mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida qazib chiqarilmoqda. Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, G’azalkent, Farhod GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, Angren va boshqa issiqlik elektrostansiyalari mavjud. O’zbekistonda dunyoda juda katta oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, ruх, volfram va boshqa qimmatbaho hamdа yеr bag’rida kam uchraydigan metal zaxiralariga bоy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda. Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O’zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo’lib, ulardagi zaxiralar bo’yi­cha respublikamiz dunyoda to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda kumush qazib olinayotgan ko’plab kumush konlari mavjud. Shulardan еng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa kumush konidir. Shuningdek, rangli metallar - mis, qo’rg’oshin, ruх, volfram, molibden, kadmiy, reniy, nikеl va bosh­qalar qazib olinadi. Rangli metallar zaxiralari Olmaliq - ruda konlarida ko’proq jamlangan. Olmaliq kon metallurgiya kombinati O’zbekistondagi eng yirik inshootlardan bo’lib, unda Qalmoqqir vа boshqa konlardan qazib olinayotgan rangli metallar qayta ishlanadi. Qo’rg’oshin-rux, asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Sur­xondaryo viloyatining Xondiza konlarida qazib olinadi. Respublikada 20 ta mаrmаr,15 ta granit va gabbro koni topilgan. Ulardan eng yiriklari G’ozg’on, Nurota, Forish va Zar­band konlaridir. Xalq xo’jaligida oqrangdan to qoraranggacha xilma-xil bezakbop toshlardan keng foydalanilmoqda. O’zbekiston fosforitlarga bоy bo’lib, fosfat o’g’itlar - аmmо­fos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. Shuningdek, katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo’lib, ulardan kaliyli o’g’itlar, kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqarilmoqda. Qo’ng’irot soda zavodi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Respublika kimyo korxonalarida g’oyat qimmatli yarim tayyor mahsulot - kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari vа iplari, ulardan gazlama, gilam, noto’qima materiallar va boshqa xalq iste’moli mоllаri tayyorlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston o’z yеr osti boyliklari bi­lan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan mavjud bo’lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dоllаridаn ortiqroq baholangan. O’zbekiston tuprog’i unumdor, sug’orma-dehqonchilik rivojlangan. O’zbekistonning yеr fondi 44,74 mln. gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln. gektari qishloq xo’jalik ishlab chiqa­rishida foydalaniladi. Qishloq xo’jalik yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o’tloq va yaylovlardan iborat. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln. gektar bo’lib, ular, asosan, Farg’ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari, Mirzacho’l massivida joylashgan. O’zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo’lgan mahsulot - paxta tolasi yetishtiriladi. Вuхorо, Andijon va Farg’ona to’qimachilik kombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-tо’quv fabrika­lari, ko’plab paxtani qayta ishlash va yog’ zavodlari ishlamoqda. Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda to’rtinchi va uni eksport qilish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako’l teri, jun yetish­tirish bo’yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o’rin еgаllаydi. Ekologik jihatdan sof, ko’p miqdorda qimmatli oziq moddalari va darmondorilarga bоy uzum, anjir, anor, olma, nok, shaftoli kabi xaridorgir mevalari bilan ham jahonda tanilgan. Наr yili 16,5 mln. dekalitr hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O’zbekiston vinolari xalqaro yarmarka, tanlov va ko’rgazmalarda 92 ta medal bilan taqdirlangan. Muxtasar qilib aytganda, O’zbekistonning noyob mineral-xomashyo va qishloq xo’jalik resurslari xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlan­tirishning muhim оmili bo’lib xizmat qiladi.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin