Oʻzbekiston tarixi fani davlatchilikga kirish



Yüklə 93,57 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2023
ölçüsü93,57 Kb.
#187579
  1   2
OʻZBEKISTON TARIXI FANI DAVLATCHILIKGA KIRISH


OʻZBEKISTON TARIXI FANI DAVLATCHILIKGA KIRISH

REJA:




  1. O’zbekiston tarixi predmeti.

  2. O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik asoslari va manbalari.

  3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati.

1. O’zbekiston tarixi predmeti


Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bo’lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bo’lgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohiga aylangan. O’zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko’rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o’qimoqdalar, tazim qilmoqdalar. Muqaddas erimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni birbiriga bog’lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha-necha ming yillar davomida yashab, kurashib, ijod qilib kelayotgan xalqimiz o’tmishini «O’zbekiston tarixi» fani o’rgatadi.
Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish», «voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
«O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O’zbekiston tarixi ajdodlarimizning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atini yoritadi. Vatanimiz tarixi o’zbeklarning xalq, millat bo’lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi. Vatanimiz tarixi xalqimizning ma’lum bir davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo’lib qolganligini, qaramlik azobining naqadar ayanchli, mashaqqatli bo’lganligini, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashini va bunda mardlik, jasorat ko’rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoyatlarini keng rejada o’rgatadi.
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi.
«O’zbekiston tarixi» fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
2. Tarixni o’rganishning metodologik asoslari va manbalari.
Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yo’qsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi.
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’in qilindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoiruulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Dinga e’tiqod qilganlar idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini o’rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. g’sh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu jadal urushlardan iboratdek qilib ko’rsatildi.
Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri yoritish va o’rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik printsiplarga tayanmoq zarur.
Dialektik metod ana shunday printsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel,
Gertsen va boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy dunyoni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib o’rganish qoidalarini yaratdilar.
Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O’zbekiston tarixini, o’zbek xalqi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir.
Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sirda va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. Shu sababdan O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik printsiplardir.
Xolislik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor.
Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek olimlarining kuch g’ayratlari bilan, - deb yozadi I.A.Karimov, - tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1 .
Tarixni o’rganishda tarixiylik printsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.
Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi.
Tarixiylik printsipi xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishni yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urug’chilik tuzumi emirilib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’linadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan, g’alayonlar, qo’zg’olonlar ko’tariladigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv printsipi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqazo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi.
Shoxlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga tsivilizatsion nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bo’lgani uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bo’lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini yoppasiga qoralash ham to’g’ri emas. Jonajon Vatanimiz ko’hna tarixi ham ular orasida xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur yurtboshilar, arboblar bo’lganligidan guvohlik berib turibdi.
Ijtimoiy yondashuv printsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o’rtasida, hukmdorlar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo’lida tez-tez qirg’inbarot urushlar bo’lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag’lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo’rovonlik bilan o’zlashtirgan. Bunday jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib ham baholash zarur bo’ladi.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo’lish, birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi.
Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.
Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik printsiplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.
Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, bizning Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g’oyaga bo’ysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa tuzimi, quldorlik tuzimi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bo’lindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi, degan «g’oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g’oyaning qanchalik to’g’riligini XX asrda ko’pgina xalqlar taqdirida sinab ko’rildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g’oyasi amalda mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag’allar, yo’qsillar darajasiga tushirdi, jamiyatda ommaviy loqaydlik, dangasalik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Shu bois insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu g’oyani o’z elkasidan uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi.
O’zbekistonning, o’zbek xalqining boy, betakror tarixi bo’lib, uning o’ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo’lish mumkin:

  1. Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr.

  2. O’rta asrlar davri.

  3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.

  4. Sovetlar istibdodi davri.

  5. Milliy istiqlol davri.

Bu davrlarning har biri yana o`ziga xos, kichik davrlarga bo`linadiki, uni mazkur qo`llanmaning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko`rish mumkin.
Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo`lish oson emas. Negaki, biz o`rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo`lib o`tgan, ularni qaytarib bo`lmaydi. Bundan ilgari bo`lib o`tgan tarixiy voqealarni bilib bo`lmaydi, degan xulosa chiqmaydi, albatta.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo`q bqlib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo`lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga bo`linadi.
Qadimgi odamlardan bizgacha etib kelgan mehnat qurollari, idish-tovoqlar, tanga pullar, harbiy qurol-yaroqlar, uy-joylar, qal’alar, shaharlar, qabrlar, rasmlar va boshqa narsalar moddiy tarixiy manbalar deb ataladi. Vatanimiz hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar, ularning tahliliy xulosalari1 odamlar hayotini bilishga imkoniyat yaratadi.
Qadimgi davrlardayoq odamlar qz fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Savodxon kishilar qzlari yashab turgan yoki borib kqrgan mamlakatlari haqida, kqrgan-kechirganlarini daraxtlarning pqstlog’iga, toshga, teriga, keyinchalik qog’ozga yozib qoldirganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar mavjud. Er va qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Podshoh va hokimlarning yozma shakldagi qonunlari va farmonlari saqlanib qolgan. Bular yozma manbaalar deyiladi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini qrganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari qz ifodasini topgan.
Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi
Gerodotning «Istoriya» (M.1972), Ksenofontning «Grecheskaya istoriya» (M.1935), Polibiyning «Vseobshchaya istoriya» (M.1980-1989), Arrianning «Poxod Aleksandra» (M.L. 1962), Strabonning «Geografiya v 17 knigax» (M. 1964); Kurtsiy Rufning «Istoriya Aleksandra Makedonskogo» (M.1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarni tqplovchi I.V.Pyankovning «Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya» (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovaning «Fergana po svedeniyam antichnix avtorov. Istoriya i kultura narodov Sredney Azii» (L.1976) kabi kitoblar ham Vatanimiz tarixini qrganishda yordam beradi.
Xitoy yozma manbalaridan «Tarixiy guvohliklar» (mil.av.I asr), «Ulug’ Xan xonadoni tarixi» (milodiy I asr), «Kichik Xan xonadoni tarixi» (milodiy V asr), «Vey xonadoni tarixi» (milodiy VI asr), «Shimoliy podshoxliklar (Beyshi) tarixi» (milodiy VII asr) va boshqalarda Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, arman, Vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham Vatanimiz tarixi haqida ma’lumotlar uchraydi.
1964; Вайнберг Б.И. Монеты древнего Хорезма. М., 1977; Массон В.М. К вопросу об общественном строе Средней Азии//История, археология и этнография Средней Азии. М., 1968; Ртвеладзе Э.В. Новые древнебактрийские памятники на юге Узбекистана. Л. 1976 ва бошқалар.
Vatanimiz tarixini qrganishda turkiy, fors, araf manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi turk yozuvi tqg’risida S.E.Malovning «Pamyatniki drevne-tyurskiy pismennosti» (M.1951) va «Eniseyskaya pismennost tyurkov. Tekst i perevodi» (M-L.1951),A.Sadullaevning «Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda» (T.1996) asarlarida, Nasimxon Rahmonning «Turk hoqonligi» (T.1993) kitobida qimmatli ma’lumotlar bor. Turkiy xalqlar, jumladan qzbek xalqining etnik tarixini o’rganishda Abulg’oziyning «Shajarayi turk» (T.1992), L.N.Gumilevning «Drevnie tyurki» (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning «K voprosu ob etnogenezi uzbekskogo naroda» (T. 1941), I.Jabborovning «O’zbek xalqi etnografiyasi» (T. 1994) asarlaridan foydalanish mumkin.
O’zbek xalqining o’rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotini o’rganishda Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (T.1968), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» (T.1960), M.Qashg’ariyning «Devonu lug’otitturk. Uch jildlik» (T.1960-1963), Abu Tohirxojaning «Samariya» (T.1991), Narshaxiyning «Buxoro tarixi» (T.1991), Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk» (T.1997), Amir Temurning «Temur tuzuklari» (T.1991), Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» (T.1994) va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini o’rganishda o’z davrida hokimiyat tepasida turgan sulolar tarixini yoritishga bag’ishlangan bir qator kitoblar - Shaxobiddin an-Nasaviyning «Jizneopisanie Sultana Djelal ad-Dina Mankburni» (Baku, 1973), Nizomiddin
Shomiyning «Zafarnoma» (T.1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»
(T.1994), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi. Ikki jildlik» (T.1992), Hofiz
Tanish al-Buxoriyning «Abdullanoma» (T.1999), Mulla Muhammad Solihning «Shayboniynoma» (T.1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy» (T.1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diqqatga sazovordir.
Bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O’zbekiston tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Sharq qo’lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo’lyozmalar xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu erda 40 mingdan ziyod qo’lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid muhim qo’lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma’lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo’lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi o’zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to’laroq, xolisona yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog’larning barham topishiga ko’maklashadi.
O’zbekiston tarixiga doir tarixiy manbalar haqida ma’lumotlar B.Ahmedovning «O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.1991), T.Saidqulovning «O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar» (T.1993) nomli kitoblarda to’laroq berilgan, o’quv jarayonida ulardan foydalanish zarur.
O’zbekiston tarixini o’rganishda etakchi zamonaviy tarixchi olimlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar, darslik va o’quv o’qllanmalar muhim o’ringa ega. Ulardan eng muhimlarining nomlari, mualliflari haqidagi ma’lumotlar mazkur o’quv qo’llanmasining oxirida, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’limida berilgan bo’lib, ularni o’qish, o’rganish talabalarga tavsiya etiladi.
Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini o’rganishda arxeologiya (qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi) va boshqa fanlar ko’maklashadi.
Tariximiz to’g’risida to’la tasavvur hosil qilish uchun O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’lkani o’rganish va boshqa muzeylar, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Urganch, Toshkent va boshqa shaharlar, ulardagi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish zarur.
Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar bilan tanishar ekanmiz, ularda xalqning mehnati, fikr-o’ylari, orzu-umidlari, his-tuyg’ulari mujassamlashganini qalban his etamiz, anglab etamiz. Ana shunda bu tarixiy yodgorliklarning chiroyli ko’rinishidan huzurlanibgina qolmasdan, ajdodlarimizga, xalqimizga, millatimizga nisbatan mehr-muhabbatimiz ortadi, Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati.
O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi». Davlat mustaqilligini o’z qo’liga olgan ozod, hur O’zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo’lida. Mustaqillikni asrab-avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda etkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog’liq. «Biron bir jamiyat, - deb ta’kidlaydi yurtboshimiz Islom Karimov, - ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi».
Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’rifatdadir. Ma’naviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omildir. «Ma’naviyat, - deb yozadi Islom Karimov, - o’z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «...tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson».
Insonda tarixiy xotira o’z Vatani tarixini, o’z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o’tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko’pgina xalqlarni, jumladan, o’zbek xalqini o’z tarixidan judo qilish, ularni o’z q o’mishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo’yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o’qitish va o’rgatishga izn berilmadi.
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o’z o’rnini topdi, barcha o’quv maskanlarida talaba-o’quvchilarga Vatan tarixini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, Vatan tarixini o’qitish yo’lga qo’yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo’lish - hayotdan judo bo’lish demakdir» degan ifodali so’zlari va ko’rsatmalari dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
Tarix talaba-o’quvchilarda olam yagona va yaxlit, O’zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bo’ladigan voqea, hodisalar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi to’g’risida to’g’ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi.
O’z o’tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo’ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O’tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab etgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan tarixi talaba-o’quvchilarda xalqning o’tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shakllantiradi. Bu o’z navbatida yoshlarni tarixiy jarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo’lib qolishdan saqlaydi, ularni olg’a intilishga, taraqqiyotga ko’maklashishga undaydi.
O’zbekiston tarixi talaba-o’quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o’rgatadi. Bu o’z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri belgilashga ko’maklashadi.
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimizning ma’naviy poydevori juda qadimiy va mustahkam. Ajdodlarimiz etishtirib bergan o’nlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me’moru-binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-o’quvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabog’idir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday to’siqlarni engish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Vatan tarixini o’qitish orqali yoshlarga singdiriladi.
Vatan tarixi xalqimizning asrlar davomida ko’pgina xalq, elatlar bilan ahl, hamjihat bo’lib yashaganligidan, yurtimizda turli diniy e’tiqodlar erkinligi va inoqligi bo’lganligidan guvohlik beradi. Bu mustaqil O’zbekistonda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat va elatlar o’rtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi tarixiy saboqdir.
Kelajagi buyuk davlat qurayotgan bugungi avlodlar uchun o’zbek davlatchiligi tarixi, ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelgan siyosiy-huquqiy institutlar, qonun-qoidalar tajribasi O’zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlash, huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir.
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba o’quvchilarda halollik, odillik, rostgo’ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga ko’maklashadi.
Vatan tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o’z qobiliyatini to’laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olish kabi yuksak ma’naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g’oya bilan qurollantiradi.
Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur o’rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bog’chalardan tortib Oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida O’zbekiston tarixi fanini o’qitishga davlat darajasiga ko’tarilgan vazifa sifatida katta e’tibor berilmoqda, g’amxo’rlik qilinmoqda. «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda»
Tarix fani turli dunyo xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqеalar sodir bo`lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o`zgarib, hozirgiday bo`lib qolganligini o`rgansa, O`zbеkiston tarixi esa uning ajralmas qismi bo`lib, shu tarixiy-madaniy jarayonlarga mos holda Ona zaminimizda o`tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo`lgan o`zgarishlar, voqеa-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va shu kabilarni to`laligicha o`rganadigan fandir.Yurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «O`ozir
O`zbеkiston dеb ataluvchi hudud, ya`ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi bеshiklaridan biri bo`lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar еtishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan kеyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo`qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dеhqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, mе`morchilik va shaharsozlik san`ati yuksak bo`lganidan dalolat bеradi».
O`zbеkiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir nеcha asrlar davomida to`planib kеlgan o`zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas boqlangan bilimlar tizimi sifatidagi o`zining o`rganish ob`еkti va prеdmеtiga ega bo`lgan mustaqil fandir.
O`zbеkiston tarixi fanining dolzarb muammolari, еchimini kutayotgan va aniqlik kiritilishi lozim bo`lgan masalalar talaygina. Xususan, Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi; bu aholining qo`shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari; Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida yashagan qadimgi mahalliy aholini bizning ajdodlarimiz ekanligini ta`kidlash va tadqiq etish shular jumlasidandir.
Shuningdеk, dastlabki o`zbеk davlatchiligining paydo bo`lishi va rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholi o`troq yashaganligi dеhqonchilik xo`jaligini rivojlantirganligi, dastlabki aholi manzilgohlarining paydo bo`lganligi; dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanganligi; dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma`muriy markazlar sifatida rivojlanganligi va nihoyat, ushbu jarayonlarga asos bo`lgan omillar nihoyatda muhimdir.
Rеspublikamiz hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalarining o`zaro va qo`shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-gеografik hududi va chеgaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. O`ozirgi kunga qadar o`lkamiz hududlari va bu еrdan chеtda bitilgan O`rta asrlarga oid yozma manbalarni o`rganish bo`yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo`lishiga qaramay, bu yo`nalishda yanada qadimgiroq davrlarga oid qilinadigan ishlar nihoyatda ko`p.
O`zbеkiston tarixini o`rganishda manbalarning ahamiyati bеqiyos bo`lib,bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya`ni yozuvsiz amonlarga oid davrini o`rganishda arxеologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga kеladi. Bu manbalar turli-tuman bo`lib, ularga - qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo`rqonlar qoldiqlari, turmush va xo`jalikda ishlatiladigan uyumlar, mеhnat va jangovar qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa, eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma`lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan tarixini yoritishda nazariy-mеtodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik mеtodlari tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.
Birinchidan, yaratilgan o`zbеk xalqi va uning davlatchiligi tarixi kontsеptsiyasi asosida tarixni davrlarga bo`lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng asosiy vazifalardan yana biri - mustaqillik davrida yaratilgan yangi tadqiqotlar asosida ob`еktiv tarixni o`rgatishni tashkil qilishdir.
Ilmiylik bilan bir qatorda xolislik turadi. Bunda tahlil qilinayotgan har bir tarixiy voqеa-hodisalarni xolis, haqqoniy ravishda o`rganish yoki tarixnavisning xohish-irodasidan tashqarida, voqеa-hodisalar qanday sodir bo`lgan bo`lsa, shundaligicha yoritish ko`zda tutiladi. O`ar bir tarix yozuvchi kishi shaxs sifatida o`zining fikri-mulohazalari, idroki va boshqa his-tuyqular orqali atrofni o`rab turuvchi muhit bilan uzviy ravishda boqliq. Bu boqliqlik unga o`z ta`sirini o`tkazadi.
Xolislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, ushbu yo`nalishda tarixiy-madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o`rganish jarayonida bo`lib o`tgan yoki shu taraqqiyot bilan boqliq bo`lgan jamiki voqеa-hodisalarni hеch bir o`zgarishlarsiz, qanday bo`lib o`tgan bo`lsa, o`sha holatda talqin va tahlil etish, tеkshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga kеltirish o`ta muhimdir. Bu holatda aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jarayonlarning o`zaro chambarchas boqliqligini asoslash lozim bo`ladi. Bu jarayonda hududlar O`rtasidagi rivojlanish jarayonlarini o`zaro solishtirish, qiyoslash va taqqoslash faqat ijobiy natijalar bеrishi tabiiy
holdir.
O`zbеkiston tarixini o`rganishning uslubiy asoslaridan yana biri - bu voqеa va hodisalarni dialеktik tarzda o`rganishdir. Dialеktika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqеalar umumiy va o`zaro boqlanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo`ladi, dеb ta`lim bеradi.
Bu uslub O`zbеkiston tarixini o`zlashtirishda uni to`laligicha, voqеa-hodisalarni bir-biri bilan boqliqlikda, ayrim tarixiy voqеlikni o`rgatuvchi fanlarni ham bir butunlikda, uning bo`laklarini ajratib olmaslik va voqеa-hodisalarni doimo o`zgarishda, rivojlanishda o`rganishni taqozo qiladi. Biror bir davr haqida fikr-mulohaza yuritilayotgan bo`lsa, ana shu davrning o`ziga xos xususiyatlarini anglab olib, uni ko`rsatishni talab qiladi. Dialеktik uslubga asoslanib, tarixiy jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalardan kеlib chiqqan holda tushunish lozim.
Dialеktik uslub O`zbеkiston tarixini avvalo O`rta Osiyo, qolavеrsa, jahon xalqlari tarixi bilan boqliq holda o`rganishni taqozo etadi. Chunki mavjud bo`lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursa-da, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy boqlanishdadir.
O`aqiqatdan ham, o`zbеk xalqining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining ajralmas qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o`tmishga qadar O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Еttisuv, Eron, Afqoniston, Shimoliy O`indiston kabi hududlar O`rtasida yagona iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi.
O`zbеkiston tarixini o`rganishda tarixiylik uslubi ham alohida o`rin egallaydi. Bu uslub tarix jarayonida sodir bo`lgan voqеa-hodisalarni o`rganishda kеtma-kеtlikni talab qiladi. Bir voqеa-hodisa bilan boshqasini sabab-oqibatli boqlanishi ham ko`rsatiladi. Tarixiylik voqеa-hodisalarni qay tarzda sodir bo`lganligini, jamiyat rivojlanishida ayrim shaxslar va ularning roli to`g`risida to`g`ri, haqqoniy fikr yuritishga o`rgatadi.
Tarixiylik uslubi xalqning o`tmishiga, hozirgi zamoni va kеlajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida o`tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kеlajakni yaratadi, dеgan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab qiladi. Bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan mеrosni qanchalik chuqur va har tomonlama o`rgansak, anglab еtsak hamda kеng targ`ib etsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunib, kеlajakni yorqin tasavvur etamiz.
«Ma`naviyatini tiklashi, tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan kam sеzmay, boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kеrak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo`lishidan qat`iy nazar, jamiyatning har bir a`zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo`ldan urish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas.
Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Rеspublikamiz Prеzidеnti Islom Karimov qalamiga mansub ushbu so`zlar komil insonni tarbiyalashda O`zbеkiston tarixini xolisona va haqqoniy o`rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.
O`ar tomonlama еtuk, komil insonni tarbiyalashda O`zbеkiston tarixining o`rni kattadir. Komil inson tushunchasiga Yurtboshimiz yana shunday ta`rif bеradilar: «Komil inson dеganda biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo`lmaydi, u har bir narsani aql-mantiq tarozisiga solib ko`radi, o`z fikr-o`yi, xulosasini mantiq asosida ko`rgan kishi еtuk odam bo`ladi».
Bugungi kunda xalqning, ayniqsa, yoshlarning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda. Ma`naviyat, ma`naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay sabr-bardosh bilan mеhnat qilish orqali еtishish mumkin. Bu xayrli ishda O`zbеkiston tarixini o`rganishning o`rni bеqiyosdir.
o`tmish shunday boy tarixiy tajriba manbaidirki, odamlar unda o`rganadilar, tajribaga ega bo`ladilar va undan ilhom oladilar. O`ozirgi kunda tarixni bilish kundalik nazariy va amaliy vazifalar еchimini topishda zaruriy vosita hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug` ne`matlaridan biri shu bo`ldiki, Vatan tarixini hech qanday bo`yoqlarsiz amalda hayotda qanday bo`lgan bo`lsa, shunday xolisona o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Kommunistik partiya yurgizgan “Ulug` rus” saltanati mafkurasi tufayli O`zbekiston maktablari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlarida Vatan tarixini o`rganishga mutlaqo e`tibor berilmadi.
Bu narsa o`z navbatida o`zbek xalqining ma`naviy hayotiga putur yetkazdi, xalqning siyosiy ongini o`tmaslashtirdi, ijtimoiy siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissini kuchaytirdi.
Islom dunyosida ham endilikda mustamlaka hayotga chek qo`ymoq uchun musulmon qavmlaridan Miloddan oliy vijdonni qanoatlantirmoqdan boshqa chora yo`q.
U holda nima qilmoq kerak? Har narsadan oldin kerak bo`lsa,doimo Miloddan liy vijdonni uyog`ontirishga va quvvatlantirishga kirishishi kerak. Chunki, har qanday taraqqiyotning manbai Miloddan liy vijdon bo`lgani kabi Miloddan liy mustaqillikning tug`iladigan joyi ham, tayanchi ham ana shudir.
Demak buning uchun nima qilmoq kerak! Buning uchun Ona xalqimizning haqiqiy, tom ma`nodagi tarixini yaratmoq lozim. Shu ma`noda xristian ilohiyotchisi Avvalgi Gustin: “G`aflatda yotgan xalqning uyg`otish uchun avvalo uning tarixini uyg`ot” deb gapni aytgan edi.
Bog`chalardan tortib oliy o`quv yurtlarigacha bo`lgan ta`lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o`qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaramog`i lozim. Bu esa, o`z navbatida, darsliklar va qo`llanmalarni Miloddan liy ma`naviyat nuqtai nazaridan yangitdan qarab chiqishni taqazo etadi.
Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lgan borliq, voqelik O`zbekiston tarixi fanini o`rganish ob`yektidir. O`zbekiston tarixi fani faqat turli bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u o`zining o`rganish ob`yekti va predmetiga ega bo`lgan mustaqil fandir.
Vatan tarixini o`rganishda quyidagi davrlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir.
1.Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri.
2.Vatanimiz o`rta asrlar davrida.
3.Turkiston rus bosqini va mustamlakachiligi davrida.
4.O`zbekiston sho`rolar hokimiyati davrida.
5.O`zbekiston mustaqillik davrida.
Vatan tarixini yoritishga nazariy metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga ega. Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yoritishning asosiy omili hisoblanadi.
Birinchidan, O`zbekiston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni amalga oshirish uchun, bir butun tarixiy jaryonni nisbatan mustaqil bo`lgan bo`laklarga ya`ni, davrlarga bo`lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim.
Ikkinchidan, xolislik, bunda har bir tarixiy voqea-hodisalarni tahlil qilayotganda xohish irodasidan tashqrida, voqea hodisalar sodir bo`lgan bo`lsa, shundayligicha yoritish ko`zda tutiladi.Uchinchidan O`zbekiston tarixining o`rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu voqea va hodisalarni dialektik tarzda o`rganishdir.
Dialektika olam yagona va yaxlit unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o`zaro bog`lanishda uzluksiz xarakatda ziddiyatli taraqqiyotda bo`ladi deb ta`lim beradi.
Dialektik metodga asoslanib, tarixiy jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalaridan kelib chiqqan holda tushinish lozim.
Chunonchi, qadimgi davrlardan boshlab yaqin o`tmishga qadar O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron Afg`oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar o`rganishda yagona iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi.
To`rtinchidan, O`zbekiston tarixini o`rganishda tarixiylik metodi ham alohida o`rin egallaydi.
Bu metod tarix jarayonida sodir bo`lgan voqea hodisalarni o`rganishda ketma-ketlikni talab qiladi. Bir voqea hodisa bilan boshqasini sabab oqibatli bog`lanishini ham ko`rsatiladi. Tarixiylik voqea-hodisalarni qay tarzda sodir bo`lganligini, jamiyat rivojlanishida ayrim shaxslar va ularni roli to`g`risida to`g`ri, haqqoniy fikr yuritishga o`rgatdi.
O`zbekiston tarixini o`rganishda manbashunoslikning ahamiyati beqiyos bo`lib, bular quyidagilardan iborat.
Moddiy manbalar. Ma`lumki kishilik jamiyati tarixi qariyib 3 million yillik davrni o`z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo`lganiga hali ko`p vaqt o`tgani yo`q. Ilk tarixning ayrim lavhalari o`tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog`liq bo`lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog`i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlarida yetib kelgan.
Etnografik manbalar-xalqlarning kelib chiqishi Bilan bog`liq bo`lgan material va ma`lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug` nomlari, inson quli va aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari kishilar ongida, shuningdek og`zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o`tmish sarqitlari (urf-odat va an`analar), kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi.
Lingvistik manbalar-tilimizda aniqrog`i uning leksik tarkibiga, uzoq o`tmishdan qolgan, ijtimoiy iqtisodiy ma`muriy va yuridik atamalar.
Xalq og`zaki ijodi.
Yozma manbalar.
A.Qadimgi zamonlardan to shu kunlarga qadar ulug` ajdodlarimiz buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, shoirlar yozuvchilar qoldirgan ma`naviy boy asarlar.
B.turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo`lyozma asarlar, hujjatlar.
D.kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar. Ilmiy badiiy me`muar asarlar, darsliklar, qo`lyozmalar,risolalar, to`plamlar.
E.Har xil muzeylarda saqlanayotgan ko`rgazma zallari hujjatlari.
F.Kino-foto hujjatlar va hakazolar.
Bundan tashqari, O`zbekiston tarixini o`rganishda manbashunoslik tarix fanini bir qator yordamchi sohalari, jumladan poleografiya, diplomatika, geraldika, sorragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya hisoblanadi.
Vatan tarixi yoshlarimizning g`oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirishda quyidagi nazariy-ilmiy asoslarga suyanmog`i lozim.
Birinchidan, Vatan tarixini o`qish va o`rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog`i lozim. Chunki voqea va hodisalarni bilmasdan turib g`oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin ekan.
Ikkinchidan, Vatan tarixining har bir satri, har bir varag`i Miloddan liy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug`orilgan bo`lishi va Miloddan liy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi kerak.
Uchinchidan, Vatan tarixi mustaqil jumhuriyatimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy ijtimoiy qadriyatining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan xamnafas bo`lmog`i lozim. Vatan tarixi mana shu ilmiy-nazariy asoslarga suyangan holda komil insonni tarbiyalash ishida katta xizmat qiladi.
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi satrlari nihoyatda qimmatlidir.
Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.
Bundan tashqari, Prezident I.A.Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishidan o`rgana yuksak baho berib: Tarixga murojat qilar ekanmiz, bu hali xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi degan edi.
Bugungi kunda xalqning, ayniqsa, ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muqim vazifalardan biri bo`lib kelmoqda. Ma`naviyat, ma`naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har bir va har soatda tinmay sabr bardosh bilan mehnat qilish orqali yetishtirish mumkin. Bu xayrli ishda O`zbekiston tarixini o`rganishning o`rni beqiyosdir.
Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam „Gomo erektus“ (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasi, Markaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi.
Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi.
Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq makoni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.
Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Bu erda 6-7 ming yil avval qoyatoshlarga bitilgan 10 mingdan ortiq petrogliflar topilgan. Tasvirlar oʻzida ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi davr voqea-hodisalarini qamrab olgan. Bular odamlarning ish jarayoni, turli marosimlar, ov manzaralari, qurol-aslahalar, oʻsha davrlarda foydalanilgan kiyim-kechak va taqinchoqlar, kiyik, qulon, jayron, sher, arslon, qoplon va itlarning xatti-harakatlari orqali mohirona aks ettirilgan.[1]
Oʻrta Osiyoning janubiy hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan.
Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.Okladnikov, David Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov).


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Yüklə 93,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin