35
harakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi
eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni.
Movarounnahrda yana bir
xalq qo‘zg‘olonlardan biri
769–783-yillar
da bo‘lib o‘tgan.
Qo‘z g‘olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u
“Oq ki-
yimlilar”
qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning
rahbari
Hoshim ibn Hakim
ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi
va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “
Muqanna
”,
ya’ni “
Niqobdor
” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda
kichik lashkar boshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘z g‘a-
lishga da’vat qilib, Mova rounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari
bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida
tog‘ tepasiga bino qilingan
Som qal’asi
ni o‘z qarorgohiga aylan-
tiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar”
qo‘liga o‘tadi. Natijada
“
Oq kiyimlilar
”
harakati kengayib,
katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa
Sug‘d
da avj olib,
Eloq
(Ohangaron) vodiysi va
Shosh
ga ham o‘zining ta’sirini
o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa
Mansur
775-yil
da katta harbiy kuchni Movarounnahrga safar-
bar qiladi. Dastlabki to‘qnashuvlarda arab qo‘shinlari katta
talafotlar berib, Samarqandga chekinadilar. Biroq to‘rt oy
davom etgan kurashdan so‘ng qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: