O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov)
Bola sog‘un da bo‘lgan
Sharqiy qoraxoniylar , ikkin-
chisi markazi
Samarqand da bo‘lgan
Movarounnahrdagi Qora xoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan so‘ng
Ibrohim Bo‘ rit egin “
bug‘roxon ” un vonini olgan.
Davlat boshqaruvi .
Qoraxoniylar davlatni viloyatlarga
bo‘ lib idora qilardilar. Ularni
eloqxon yoki
takin (yoki tegin)
lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining
eloqxon unvoniga sazovor bo‘lgan a’zolaridan saylanar edi.
eloqxonlar o‘z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va
viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar.
Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro‘ga ega edi.
U Samarqandda taxtga o‘tirgan. Viloyat boshqaruv ma’mu-
riyatida somoniylar davridagidek boshqaruv mahkamasi bo‘l-
gan. Shaharlar esa shahar hokimi, raislar tomonidan bosh qa-
rilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o‘z hukmronligini mus
tah-
kamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do‘stona
munosabatlar o‘rnatadilar. Bu davrda imomlar, say
yidlar,
shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obro‘yi har
qachongidan ham balandga ko‘tariladi.
Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu davrda hali o‘troq ha yot -
ga ko‘chmagan bo‘lsalar ham, dehqonchilik vohalari va sha -
harlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular
Bo- lasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va
Buxoro kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylan
tirib,
shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar.
Qishloq xo‘jaligidagi ahvol. XI asr da Movarounnahrga
kirib kelgan ko‘chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydon-
larini toptab, oyoqosti qiladilar. O‘tloq va yaylovlarga ay lan-
tirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisob-
langan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi.
Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko‘chmanchilar
o‘rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash
keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor
dehqonlar jon saqlash maqsadida o‘z yerlarini tashlab ketishga
majbur bo‘ladilar.
58
Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor deh-
qonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy
mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o‘zining ilgarigi o‘rni
va ahamiyatini butunlay yo‘qotadilar.