8
yerlaridan mahrum bo‘lib, bora-bora
kadivarlar
ga aylanib
borganlar. Ayrim dehqonlar esa o‘z viloyatlarida hatto mustaqil
hokim bo‘lib olganlar.
V asrning o‘rtalari
ga kelib, garchi ekin yerlarining ma’-
lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan
iborat bo‘l sa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan
yerlarning aso siy qismi hali ham qishloq jamoalarining qara-
mog‘ida edi.
1.
Nima deb o‘ylaysiz, nega ilk o‘rta asrlar davrida yuksalish bosh -
langan? Bu yuksalish oqibatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
2.
Ayting-chi, qishloqlar nufuzining ko‘tarilishiga nimalar sabab
bo‘lgan?
3.
Nega qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishda mulkdor tabaqa
vakillari, qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari faol
qatnashadilar?
4.
Ilk o‘rta asrlarda qishloq jamaolari qanday tabaqalardan
tashkil topgan edi?
5.
O‘ylab ko‘ring-chi, nega ziroatkor vohalardagi sug‘orma
yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog‘ida
bo‘lgan?
3-§. ILK O‘RTA ASRLARDA XORAZM, XIONIyLAR,
KIDARIyLAR DAVLATLARI
Tayanch tushunchalar: afrig‘iylar, xioniylar, kidariylar.
Xorazm davlatining tashkil topishi.
Zaiflashib borayotgan
Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni
mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora
qila boshlaydi.
III asr o‘rtalari
da Xorazm davlatining poytaxti
hozirgi Qoraqalpog‘istonning ellikqal’a tumanida joy
lashgan
qadimgi
Tuproqqal’a
shahar xarobasining o‘rnida bo‘l gan.
Dostları ilə paylaş: