O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 11,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/175
tarix19.12.2023
ölçüsü11,63 Kb.
#185656
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175
tarix7uz

Choch viloyati
ga, o‘zi boshliq asosiy 
kuch esa 
Farg‘ona vodiysi 
tomon yo‘l oladi. Choch vohasi 
bosib olinib, uning bosh shahri 
Madinat ash-Shosh
va juda 
ko‘p qal’a va qo‘rg‘onlar hamda qishloqlarga o‘t qo‘yilib 
vayron etiladi.
 715-yil
ning boshida esa Farg‘ona vodiysini uzil-
kesil egallab, 
Koshg‘ar
gacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga 
arab lardan 
amirlar 
tayinlanadi. Lekin 
Qutayba
xalifa 
Sulay-
mon
ga qarshi isyon ko‘targani oqibatida Farg‘onada arab 
askar lari tomonidan o‘ldiriladi.
yerga egalik shakllari. 
Arablar Movarounnahrni bosib 
olgach, bu yerdagi yer-mulklar xalifaga qarashli bo‘lib qoldi. 
Xalifa davlat yerlarini iqto tariqasida in’om qilgan. Davlat 
yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo‘yi 


30
yoki mulkka vorislik tariqasida berilgan. Biroq yerlarning 
asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan ushr olish 
huquqiga ega edi. 
Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida ham 
o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda 
ija 
ra 
dorga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik 
xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar. 
VIII asr
mobaynida yirik dehqonlar qo‘li ostidagi yer-
mulklar yuqori arab harbiy mulkdoriga o‘tishi ro‘y beradi. 
Arab zodagonlarining dehqonlar bilan yaqinlashishi shu davrda 
kuchaygan. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni 
istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta’minlash bilan bir 
qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilishiga 
imkoniyat yaratdi. Dehqonlar arablar istilosidan so‘ng xalifalik 
noibining vakili hisoblangan amirga bo‘ysunganlar. Biroq amir 
bilan bir qatorda yirik yer egalari – buxorxudotlarning ham 
mavqeyi baland bo‘lgan. Narshaxiyning ma’lumotlariga ko‘ra, 
ayrim dehqonlar Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning 
o‘z yerlarini tortib olganligi shikoyatini Xuroson noibiga 
yetkazganlar.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo‘jaliklar 
tomonidan ishlov berilgan. Dehqonlar yerlarni mayda bo‘lak-
larga taqsimlab ziroatkorlarga – kadivar va kashovarzlarga 

Yüklə 11,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin