O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


turk”, “Hibat ul-haqoyiq”



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

turk”, “Hibat ul-haqoyiq”.
Turkiy yozma adabiyot.
 
X–XII asrlar
da Movarounnahr 
va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom 
etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma 
adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng 
nodirlari 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”

Mahmud 
Koshg‘ariy
ning 
“Devonu lug‘otit turk”

Ahmad Yugnakiy
ning 
“Hibat ul­haqoyiq”, Ahmad Yassaviy
ning 
“Hikmat” 
kabi asar-
laridir.
Bu davr turkiy adabiy tili eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining 
vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi.
Mahmud az-Zamaxshariy.
 
Abulqosim Mahmud az-
Zamax shariy 1075-yil
da Xorazmning 
Zamaxshar
qishlog‘ida 
dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, 
Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot 
kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik 
san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga 
sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni 
to‘playdi.
Mahmud Zamaxshariy
turli soha ilmlariga oid 50 dan 


99
ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi 
va morfologiyasiga bag‘ishlangan 
“Al­Mufassal”
, Qur’oni 
karim tafsiriga oid 
“Al­Kashshof” 
asari musulmon olamida 
mashhurdir. 
Zamaxshariy
“Arab va g‘ayri arablar ustozi”, 
“Xorazm faxri” 
kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. U ko‘p 
asarlarini Makkada yozganligi uchun 
“Jorulloh”
(“
Allohning 
qo‘shnisi
”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin