O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Yer egaligi.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda 
yerga bo‘lgan egalikning 
mulki devon, mulki inju, mulki 
vaqf 
va 
mulk 
deb ataluvchi to‘rt xil shakli mavjud edi.
Mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat 
oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo‘lib, ular 
suyurg‘ol
yerlari deb yuritilardi. Bunday yerlarga ega bo‘lgan 
mulkdorlar – 
suyurg‘ol egalari 
barcha soliq va to‘lovlardan 
ozod etilardi. Suyurg‘ol yerlari avloddan avlodga meros 
tariqasida o‘tardi.
Chig‘atoy ulusining bo‘linishi.
Mo‘g‘ul hukmdorlari va 
mulk 
dorlari o‘rtasida bosib olingan yerlarga nisbatan ikki xil 
qarash mavjud edi. Ba’zilari mahalliy zodagonlar, savdogarlar 
bilan yaqinlashish, hunarmandchilik, dehqonchilikni rivojlan tirish, 
Islom dinini qabul qilish tarafdori edi. Boshqalari esa o‘troqlik va 
shahar hayotiga qarshi bo‘lib, shaharlarni bu zib tashlash, bog‘ va 
ekinzorlarni o‘tloqlarga aylantirishni istar dilar.
Asta-sekin Chig‘atoy ulusining bir qator xonlari o‘z urug‘-
qabilalari bilan Movarounnahrga ko‘chib kelib, mahalliy aholi 
bilan qo‘shilib, o‘troqlashib bordilar. Yettisuvda yashayotgan 
mo‘ g‘ullar Movarounnahrga ko‘chib kelganlarni 
“qoraunas” 
(duragay), Movarounnahrda yashayotgan mo‘g‘ullar esa 
ularni 
“jete” 
(qaroqchi, talonchi) deb atay boshladilar. Bu 
amalda bir-birini haqorat qilish edi. Ular o‘rtasida ziddiyat, 
nafrat kuchayib bordi. Oqibatda Chig‘atoy ulusi 
XIV asrning 
40-yillari
da ikkiga bo‘linib ketdi.
Chig‘atoy ulusining Sharqiy Turkiston va Yettisuv qismi 
Mo‘g‘uliston deb atala boshlandi. 
1348-yil
da Chig‘atoy nasli-
dan bo‘lgan 
Tug‘luq Temur 
Mo‘g‘uliston xoni etib ko‘tarildi. 
Ulusning g‘arbiy qismi – Movarounnahr mustaqil idora qilina-
digan bo‘ldi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin