116
yirik markazlashgan davlat tuzdi.
Bu ulkan hududda yashovchi
xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega
bo‘ldi.
1. Amir Temur bilan Amir Husayn o‘rtasidagi nizo qanday
yakun topdi?
2. 1370-yilning 11-aprelida o‘tkazilgan qurultoyning
tarixiy
aha miyati nimadan iborat?
3. Samarqand shahrini qaytadan bunyod qilishda Amir Temur-
ning xizmati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
4. Movarounnahr qanday yo‘l bilan birlashtirildi?
5. Xorazm yurishlari va uning natijasi haqida gapirib bering.
6. Bu davrda Amir Temurning tarixiy xizmati nimadan iborat
bo‘ldi?
32-§. AMIR TEMUR SALTANATINING TASHKIL
TOPISHI
Tayanch tushunchalar: saltanat boshqaruvi, qo‘shin
tuzilmasi, harbiy yurushlar, suyurg‘ol yerlar, “Temur
tuzuklari”.
Saltanat boshqaruvi.
Sohibqiron Amir Temur o‘z za-
mo
na
sining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat bosh-
qaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun
berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga
asoslangan bo‘lsa-da,
jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqa-
larning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan:
dargoh va
vazirlik (devon)dan iborat bo‘lgan.
Dargohni Oliy
hukm
dorning o‘zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat – devonni
de
von
begi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir,
mulk
chilik
va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat
yuritgan. Bu lar dan tashqari, sarhadlar va tobe mamlakatlarning
boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir bo‘lib, ular
devonbegiga hiso bot berib turgan.
Tashqi va ichki favqulodda voqealardan voqif
etib turuvchi
ming nafar piyoda, ming nafar ot mingan choparlari bo‘lgan.
Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar
117
tash kil etilgan. Har bir yomda 50–200 boshdan ot-ulov tutil gan.
Sohibqiron mamlakatni boshqarishda o‘z yaqinlariga suyandi.
Sohibqiron davlat boshqaruvi
ishlarida islom qonun-qoida-
lariga asoslangan. Uning Qur’oni karim va Hadisi shariflarga
munosabati samimiy va oliy darajada bo‘lgan. Payg‘ambar
avlodlari, shayxul-mashoyixlarga hurmati cheksiz edi. Dav-
latni kuchaytirishda ham aynan shunday kishilarga tayanib
ish yuritgan.
Dostları ilə paylaş: