2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining
IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy
ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar
maktabi
” deb nom berish taklifini ilgari surdi va ushbu taklif
yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
1. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o‘rni
haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting.
2. Amir Temur qanday nomlar bilan ulug‘landi?
3. Amir Temurning qaysi voqeadan so‘ng Yevropada obro‘-
e’tibori oshib ketdi? Nega aynan shu voqeadan so‘ng deb
o‘ylaysiz?
131
4. Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga
qiziqishi qachondan boshlangan?
5. I.M.Mo‘minovning risolasi nega tanqidga uchragan deb
o‘ylaysiz?
6. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Amir Temur-
ning nomini abadiylashtirish uchun amalga oshirilgan ishlar
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang. Amir Temur haqida
qanday badiiy asarlar o‘qigansiz? O‘qigan asarlaringiz
mazmunini gapirib bering.
35-§. TEMURIYLAR DAVRIDAGI SIYOSIY
JARAYONLAR
Tayanch tushunchalar: muxolafat, saltanat taxti uchun
kurash, Shohrux hukmronligining qaror topishi.
Taxt uchun kurash.
Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni
Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O‘tror shahrida
vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o‘n
yillar davomidagi sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik
saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat
tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga
cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish
murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolafatchi kuchlar
ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o‘rta-
sidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro zid-
diyat va urushlar sabab bo‘ldi. Amir Temur vafoti ol-
didan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul,
Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan
edi. Pirmuhammadni taxtga o‘tqazish tarafdorlari kuchli
bo‘lsa-da, biroq Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo
o‘zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni
egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon
qiladi. Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib
yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o‘ng tomonidagi
yerlarni ham o‘z hokimiyatiga qo‘shib oladi.
|