O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

13-§. SOMONIYLAR
Tayanch tushunchalar: somoniylar hukmronligi, davlat bosh-
qaruv tizimi, mudofaa ishlari, devonlar, Islom dini rivoji.
Somoniylar hukmronligi.
 
IX asrda Movarounnahrning 
siyo 
siy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval 
Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi 
davrida o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad 
vafotidan (865-yil) keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni 
markazga aylan tiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini 
birlashtirish va uni Xurosondan aj ra tib olish choralarini ko‘radi.
IX asrning oxirgi choragida Mo 
varounnahrning deyarli 
barcha vi lo yatlari somoniylar 
tasarrufiga o‘ta di. Nasr butun 
Mo va rounnahr ning hukmdoriga aylanadi. U ku mush dirham 
zarb etadi.
Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil 
o‘rtasida toj-taxt uchun ku rash boshlanadi. 
Unda Ismoil g‘olib chi qadi. Ismoil Somo-
niy 888-yilda butun Movarounnahrni o‘z 
qo‘l os ti ga birlashtirdi.
Ismoil Somoniy.
 
Ismoil Somoniy 
o‘rta asrlarning qobi li yatli, serg‘ayrat va 
nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U 
Mova rounnahrni birlashtirib, mustahkam 
davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy 
Buxoro. Ismoil 
Somoniy
maqbarasi. X asr


46
hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, 
dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi.
Movarounnahr aholisining mus ta qil lik ka erishishi, shubha-
siz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik saffo­
riylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har 
ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini 
qayta tik 
lashga harakat qiladi. Xalifa Mu’tazid (892–902) 
safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga 
Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani 
haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. 
Natijada 900-yilda ular o‘rtasida urush boshlanadi. Urush 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin