5
Darslikda berilgan voqealar bilan tanishib borar ekansiz,
xalqimiz doimo bunyodkorlikka, ilm va ma’rifatga intilib
yashaganini bilib olasiz. Ilm va ma’rifatga intilish orqa-
ligina komillikka erishish mumkinligini tushunasiz. Komil lik
esa tinimsiz mehnat talab qiladi. Siz o‘z ustingizda tinim
siz
ishlashingiz, bilimlaringizni yanada mustahkamlab, orttirib
borishingiz orqali vatanparvarligingizni namoyon qilasiz. Bu
esa Sizning ma’naviy jasoratingiz bo‘lib qoladi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning quyidagi fikrlarini o‘qing va undagi “...o‘zimiz
ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z
hissamizni qo‘shaylik!” degan fikrlariga munosabatingizni
bildiring. Siz qanday hissa qo‘sha olasiz?
“Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doi
mo:
“Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘u rur lanishimiz kerak”,
deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas,
kelinglar, o‘zimiz ham, xud di ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z
hissamizni qo‘shaylik!” deb takrorlayman”.
2. eslab ko‘ring-chi, qadimgi davrda O‘zbekiston hududida
qan day davlatlar bo‘lgan?
3. Matnda keltirilgan “...mazkur hudud aholisining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti rivo
jiga ta’sir ko‘r-
satgan” jumlasida qanday ta’sirlar haqida gap ketmoqda?
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ta’sir deganda nimani
tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: