Muhammadning o‘g‘li Jaloliddin, Xo‘jand hokimi Temur Malik singari sarkardalar harbiy kuchlarini asosiy nuqtalarga
to‘plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar. Biroq Sulton
katta qo‘shinni bir joyga to‘plashdan qo‘rqar edi. Sulton
nazarida bir joyga to‘plangan qo‘shin uni taxtdan ag‘darib
tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda
Sulton o‘z qo‘shinlarini turli shaharlarga bo‘lib yuborib,
urushda mudofaa taktikasini qo‘llashga qaror qiladi. Shu tariqa
mamlakat katta xavf ostida qoldi.
O‘tror qamali. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazm-
shohga qarshi yurish boshlaydi. Chingizxonning o‘trorliklardan
o‘chi borligidan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida
joylashgan O‘tror shahri ustiga yurish qildi. O‘tror mustahkam
qal’ali chegara shahar edi. Qal’a noibi G‘oyirxon (Inolchiq)
va sarkarda Qoracha Hojib boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi
jang qildilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom et-
gan. O‘tror mudofaasining eng og‘ir paytida Qoracha Hojib o‘z qo‘shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo‘g‘ullarga
taslim bo‘lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo‘g‘ullar ham kechirish-
magan. Ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan.
G‘oyirxon o‘zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini
o‘ldirishda ayb
dor his qilib, so‘nggi nafasigacha dushmanga
qarshi kura shadi. Uboshliq mudofaachilarning bir qismi O‘tror
arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom
ettiradilar. G‘oyirxon qurshovga olinib, asirga tu
shiriladi va
Samarqandga olib borib, qiynab o‘ldiriladi.
Buxoro fojiasi.
1220-yilning fevralida Chingizxon Buxo-
ro ustiga qo‘shin tashladi. Shu yilning 16-fevralida mo‘g‘ullar
tomonidan Buxoro to‘liq egallanib, ta
lon-toroj etiladi.
Shahar ichida jang to‘xtamadi, ark qamali 12 kun davom
etdi. Buxoro dush
man kuchini qaytarishga tayyor emas edi.
Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas
68
kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi. Ilm va ma’rifat egalari
bo‘lgan ulamolar va shayxlar mo‘ g‘ul jangchilariga xizmatkor
qilib beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.