85
Quyidagi jadvalni mavzuga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Chig‘atoy
ulusi
Hududi
Soliq
turlari
Mahmud Torobiy
qo‘zg‘olonining
sababi
24-§. IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: pul islohoti, yer egaligi, Chig‘atoy
ulusining bo‘linishi, madaniy hayot.
Ulug‘ xoqon farmoni.
XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulu-
si ning mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troqlikka ko‘chish, sha-
har hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy mada-
niyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo‘g‘ulistonning
ulug‘ xoqoni
Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish
to‘g‘risida maxsus farmon –
yorliq chiqaradi. Yomlar bo‘ylab
pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan
ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga,
qo‘llarida bevosita topshiriqlari bo‘lmasa, shahar yoki qish-
loqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan
ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi.
Shu tariqa aholi o‘zboshimchalik bilan yig‘ib olinadigan
hisobsiz to‘lovlardan ozod bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: