710-yilda QutaybaNaxshab va Keshni bosib olib, Samar- qandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radi. Biroq
Xorazm da boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kel-
gan qu lay fursat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xo-
razmga qo‘shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shohi
Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib,
711-yilda Qutay baga yordam so‘rab murojaat qiladi. Hurzod gar
chi dushman qo‘li bilan tor-mor qilinib o‘ldi
rilsa hamki,
Xorazmshoh bundan o‘z mustaqilligini yo‘qotib, arablarga boj
to‘ lash ga majbur bo‘ldi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning har-
biy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
712-yilda Qutayba qo‘shinlari Samarqandga tashla nadi.
Bu davrda G‘urak(710–737) Sug‘dga podsho qilib ko‘tarilgan
edi. G‘urak arablarga qarshi kurash olib bordi. Kuchlar teng
bo‘lmaganligi oqibatida Samarqand taslim bo‘ladi. G‘urak bilan
Qutayba o‘rtasida sulh tuzilib, unga ko‘ra Sug‘d xalifalikka
qaram bo‘lib qoladi.
Choch va Farg‘onaning zabt etilishi. 713-yilda Qutayba qo‘shinining bir qismi Choch viloyatiga, o‘zi boshliq asosiy
kuch esa Farg‘ona vodiysi tomon yo‘l oladi. Choch vohasi
bosib olinib, uning bosh shahri Madinat ash-Shosh va juda
ko‘p qal’a va qo‘rg‘onlar hamda qishloqlarga o‘t qo‘yilib
vayron etiladi. 715-yilning boshida esa Farg‘ona vodiysini uzil-
kesil egallab, Koshg‘argacha kirib boradi. Hamma viloyatlarga
arab lardan amirlar tayinlanadi. Lekin Qutayba xalifa Sulay- monga qarshi isyon ko‘targani oqibatida Farg‘onada arab
askar lari tomonidan o‘ldiriladi.