Samarqand jangi. Buxoro zabt etilgach, 1220-yilning mart oyida mo‘
g‘ullar Movarounnahrning eng mashhur va
yirik shahri bo‘lgan Samarqand tomon yo‘l oladi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko‘ksaroy qasridan turib
shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida
uch kun shiddatli janglar davom etadi.
Uch kunlik qattiq qarshilikdan so‘ng, Chingizxon hiyla
ishlatishga majbur bo‘ldi. Qang‘li qo‘shinlariga u shahar
olingach omonlik va’da qildi. Ular taslim bo‘lib, shahar talan-
gach, 30 minglik qang‘li qo‘shini, qolgan himoyachilari ham
qirib tashlanadi. Samarqand mo‘ g‘ullar tomonidan egallangach,
Buxoro kabi vayron etilib, yoqib yuboriladi.
Temur Malik jasorati. Xo‘jand shahri Sirdaryo ikkiga
ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda
shahar hokimi Temur Malikning qahramonligi bilan xo‘jand-
liklar mo‘g‘ullarga kutilmagan qarshilikni ko‘rsatadilar. Xo‘jand
shahri himoyachilari Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy davomida o‘z shahrini mudofaa qiladilar. Oxiri ilojsiz qolganda
o‘t ichida qolgan shahar qal’asini ming nafarga yaqin bahodir
tark etib, Temur Malik bilan Sirdaryo o‘rtasidagi orolda
joylashib olib, dushman bilan mardlarcha olishdilar. Nihoyat,
maxsus kemalar yasab, daryo oqimi bo‘ylab, Xorazm tomon
suzib ketdilar. Yo‘l-yo‘lakay dushman bilan jang qildilar.
Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatan-
parvarlik jasorati Xorazm va ona yurtining boshqa hududlarini
himoya qiluvchilar safida kechdi.
Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo
vodiy lari, Amudaryo (Jayhun) o‘rta oqimining o‘ng sohili dagi
viloyatlar zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazm-
shohlar davlatining markaziy qismi – Xorazmga tashlaydi.