«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə60/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Ma\'ruza matin

4. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari.

2005 yilning 2 iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida “SHanxay hamkorligi” tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT yig‘ilishida Pokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi sifatida qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2005-2006 yillarda SHHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi.


2017 yil 9 iyunda Astanada bo‘lib o‘tgan SHHT davlatlari yig‘ilishida iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayot bobidagi qator masalalar bo‘yicha fikr almashilib, umumiy xulosalarga kelindi.
2018 yil 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. A’zo davlatlar rahbarlari 2017 yilgi Astana sammiti yakunlarining ijrosini hamda jahon siyosati va iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlar asnosida SHHTni yanada rivojlantirishga doir birinchi galdagi vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tomonlarning o‘zaro kelishilgan pozitsiyasi qabul qilingan Sindao deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi.
A’zo davlatlar SHHT Xartiyasining maqsad va prinsiplariga rioya etgan hamda “SHanxay ruhi”ga tayangan holda SHHTni 2025 yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirayotganlari qayd etildi. Bugungi kunda SHHT noyob, nufuzli va obro‘li mintaqaviy birlashma sifatida qaror topgani, Tashkilotga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgandan so‘ng uning salohiyati sezilarli darajada oshgani ta’kidlandi.


5. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin