Yechish: Uchqun hosil qilish uchun sarflangan energiya
(1)
bunda W1 – birinchi kondensatorning unga ikkinchi kondensator ulanguncha bo’lgan energiyasi; W2 – birinchi va ikkinchi kondensatorlardan tashkil topgan batareyaning energiyasi. (1) tenglikka zaryadlangan kondensatorning energiyasi ni qo’yib va parallel ulangan kondensatorlarning umumiy elektr sig’imi, alohida kondensatorlar elektr sig’imlarning yig’indisiga tengligini e’tiborda tutib quyidagini olamiz
(2)
bunda C1 va C2 – birinchi va ikkinchi kondensatorlarning elektr sig’imlari; U1 – birinchi kondensator zaryadlangan potensiallar farqi; U2 – kondensatorlar batareyasi qisqichlaridagi potensiallar farqi.
Ikkinchi kondensator ulangandan keyin ham zaryad oldingidek qolganini hisobga olib, U2 potensiallar farqini quyidagicha ifodalaymiz:
.
U2 ning bu ifodasini (2) formulaga qo’ysak,
.
Oddiy o’zgartirishlardan keyin quyidagini topamiz
.
Bu formula bo’yicha hisoblash o’tkazsak,
ΔW=1,5 mJ.
9 – masala.Yassi kondensator U=1 kV potensiallar farqigacha zaryadlangan. Qoplamalar orasidagi masofa d=1 sm. dielektrik – shisha. Kondensator maydoni energiyasining hajmiy zichligi aniqlansin.
Yechish: Kondensator maydoni energiyasining hajmiy zichligi
(1)
bundan W – kondensator maydonining energiyasi; V – maydon egallaydigan hajm, ya’ni kondensator qoplamlari orasidagi fazoning hajmi.
Kondensator maydonining energiyasi
(2)
formula bilan aniqlanad; bunda U – kondensator qoplamalarining zaryadlanishi natijasida vujudga kelgan potensiallar farqi; C – uning elektr sig’imi. Lekin , ning ifodasini (2) formulaga va so’ngra W va V larning ifodalarini (1) formulaga qo’yib quyidagini olamiz:
Kattaliklarining qiymatlarini oxirgi formulaga qo’yib va hisoblab natijani topamiz:
ω=0,309J/m3.