O’zbekiston va yunesko munosabatlari



Yüklə 1,88 Mb.
tarix16.09.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#144286
O\'zbekiston va YUNESKO munosabatlari


Buxoro Davlat Pedagogika Institutining Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakultetining Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-4BT-22 guruh talabasi Ikromova Nafisaning O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan bajargan Musta’qil ta’limi

O’zbekiston va YUNESKO munosabatlari


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi.
1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim muassasasi qo‘shildi.
Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi.
Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi.
Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy qilinmoqda.
YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», «Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda.
Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat tashkilotlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi.
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi.
Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan izchil va samarali hamkorligi samaralaridir.
Unda dunyoning deyarli barcha hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar qatnashadi.
Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz.
YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir.
Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Maorif, fan va madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir.
O‘zbekistonning madaniy merosi; O‘zbekiston Respublikasi YuNeSKOga 1993 yilning 26 oktabrida qo‘shildi; BMT qoshidagi ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot; chapdan o‘ngga: Shayx Muxtor Vali maqbarasi; Xiva (Ichanqal'a); Qadimgi Xorazmning cho‘l qasrlari; Hazorasp shahri; Vobkent minorasi; Chorbakr qabri; Varaxsha shahri; Bahovuddin majmuasi; Buxoro; Raboti Malik karvonsaroyi; Chashmai Ayub maqbarasi; Mirsaid Bahrom maqbarasi; Siypantosh petrogliflari; Xonbandi to‘g‘oni; Sarmishsoy darasi; Abdullaxon bandi; Samarqand; Shahrisabz; Zarautsoy petrogliflari; Hisor tog‘lari; Boysun shahri; Oq Ostona bobo maqbarasi; Termiz shahri; Zomin tog‘lari; Shohruhiya shahri; Qanqatepa; Poykent; Qadimgi Pop shahri; Axsikent shahri; Qo‘qon shahrining tarixiy markazi; Farg‘ona; Shohimardon; Andijon; YuNeSKO butunjahon merosi obektlari; YuNeSKO butunjahon merosining nomzod- obektlari; Ichanqal'a – ichki qal'a; Farg‘ona – Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan shahar.
Buxoroning tarixiy markazi, Buxoro, 1993 yil.
Buxoro O‘rta Osiyodagi eng boy tarixga ega shaharlardan biridir. IX-XIX asrlarda qurilgan tarixiy markaz o‘z ichiga Poyikalon majmuasini, Arkni, Somoniylar maqbarasi va boshqa obektlarni oladi.
YuNeSKO butunjahon merosi obektlari ro‘yxati:
Ichanqal'a, Xiva, 1990 yil.
Ichanqal'a Xivaning tarixiy ichki shahri bo‘lib, XIV-XIX asrlarda qurilgan. Qasr, saroylar, masjid va madrasalar, maqbara va minoralar, qarvonsaroylar va hammomlar Ichanqal'ani noyob yodgorlik shaharga aylantirdi. Eski Xiva rasman 1968 yili qo‘riqxona-shahar maqomini oldi.
Shahrisabzning tarixiy markazi, Shahrisabz, 2000 yil.
Shahrisabz Amir Temurning ona shahridir. Shahar markazida Oqsaroy xarobalari, Dorut-tilovat yodgorlik majmui, Ko‘kgumbaz masjidi va XIV-XVI asrlarga oid boshqa yodgorliklar joylashgan.
Samarqand, 1993 yil.
Samarqand hududida ilk yaholijoy m.av. VIII-VII asrlarda vujudga kelgan. Qadimda va ilk o‘rta asrlarda So‘g‘d tarixiy viloyatining markazi bo‘lgan. M.av. 329 yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan zabt etilgan. XI asrda G‘arbiy Qoraxoniylar, XIV asrda Temuriylar, XVI asr birinchi yarmida Shayboniylar poytaxti bo‘lgan. Shuningdek, XX asr boshida qisqa muddat O‘zbekiston SSR poytaxti bo‘lgan. Samarqandning asosiy tarixiy yodgorliklarini Mirzo Ulug‘bek va Yalangto‘shbiy Bahodir qurdirgan masjidlardan iborat Registon maydoni, Shohi Zinda, Bibixonim majmualari, Go‘ri Amir maqbarasi tashkil qiladi.
Nomoddiy madaniy meros (ko‘rib chiqilayotgani):
Dorbozlik – dorda yurish san'ati (30dan ortiq uslub va unsurlar, ular orasida langar yordamida balandlikda sakrash va arqon ustida yugurish bor) – 2014;
Iqat – qo‘lda bajariladigan murakkab tikish texnikasi – 2015.
Nomoddiy madaniy meros (kiritilgani):
Nomi – tavsifi – ro‘yxatga qo‘shilgan sanasi
Shashmaqom – vokal-cholg‘u musiqasining bir turi (Tojikiston bilan birga) – 2008;
Boysun tumani madaniy muhiti – Surxondaryo viloyatidagi Boysun noyob etnografik tumani – 2008;
Katta ashula – Farg‘ona viloyatidagi an'anaviy qo‘shiqchilik – 2009;
Navro‘z – sharqona taqvim bo‘yicha yangi yil (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya bilan birga) – 2009;
Askiya – xalq qiziqchilik san'ati – 2014.
Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin