O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to’g’risida”gi PQ 3138-sonli qaroriga muvofiq tuman yoshlari , ayniqsa, tumandagu umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, fan va madaniyat, san’at va adabiyot,sport va milliy hunarmandchilik yo’nalishida Xalqaro va respublika tanlovlari,musobaqalari g’oliblari bo’lgan umumta’lim maktablari o’quvchilarini rag’batlantirish, tuman yoshlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish maqsadida :
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021 yil __ oktyabrdagi
_____-sonli qaroriga asosida tumandagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi stipendiyasini joriy etish to‘g‘risidagi tashabbusi ma’qullanganligi inobatga olinsin va amaliyotga joriy etilsin .
2. Tumandagi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida tuman hokimi stipendiyasi tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga;
-tumandagi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida tuman hokimi stipendiyasi tanlovini o‘tkazish bo’yicha tuman komissiyasi tarkibi
2-ilovaga;
-tumandagi umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida tuman hokimi stipendiyasiga tanlovni o‘tkazish bo’yicha appelyatsiya komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman komissiyasi (SH.G‘aybullaev), tuman xalq ta’limi bo’limi (M.Fayziev)ga :
-tumandagi umumta’lim muassasalari 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan tuman hokimi stipendiyasi tanlovini o’tkazishda adolatli va xolisona yondashgan holda tanlov jarayonini tashkil etish;
o‘quvchilar o‘rtasida tuman hokimi stipendiyasi uchun tanlov o‘tkazilishini faol targ‘ib qilish ;
-belgilangan Nizom asosida iste’dodlarni aniqlashda ishchi guruhga yetarli ko’mak berish;
-ishchi komissiya tomonidan g‘olib deb topilgan 9-11-sinf o‘quvchilariga 2021-2022 o‘quv yili 3-4-chorak uchun tasdiqlangan Nizom talablari asosida tuman hokimi stipendiyasini olishi bo’yicha guvohnoma tayyorlab, taqdim qilish ;
-ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish va doimiy monitoringi bo’yicha tuman Kengashiga ma’lumotnoma taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimi stipendiyasi tanlovini o‘tkazish bo’yicha tuman komissiyasi a’zolariga :
-tuman hokimi stipendiyasi tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarning chet tillini bilish darajasini aniqlash ;
- AKT bilan ishlay olish qobiliyatini o’rganish;
- nutqiy savodxonligi va O’zbekiston tarixi, ma’naviyat bo’yicha bilimlarini aniqlash;
- o’z iste’dodi va iqtidorini namoyon etishlarida adolatli va xolisona baholash vazifasi yuklatilsin.
5.Umumta’lim maktablari rahbarlariga:
-tuman hokimi stipendiyasi tanlovida ishtirok etishni xohlovchi 9-11-sinf o’quvchilarini jalb qilish;
-umumta’lim maktablari o’quvchilari va ularning ota-onalari o’rtasida ushbu tanlovning mazmun-mohiyatini targ’ib qilish;
-ta’lim muassasasida nomzodlikka loyiq topilgan o’quvchilarning hujjatlarini tuman komissiyasiga vaqtida taqdim etish vazifasi yuklatisin.
6. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (G‘.Tilloyev)ga
Tuman hokimi stipendiyasi sovrindorlariga tegishli stipendiyalarni mahalliy byudjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi hisobidan belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlash vazifasi topshirilsin.
6. Tuman G‘aznachilik bo‘limi (F.To‘rayev)ga
Ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. “G‘ijduvon” gazetasi tahririyati (G‘.Ibodov) va tuman hokimi axborot xizmati vakili () ga
-tuman hokimi stipendiyasi tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish, shuningdek tanlov g‘oliblari haqida maqolalar tayyorlash tavsiya etilsin.
9. Mazkur farmoyish ijrosining nazorati tuman hokimining o‘rinbosari SH.G‘aybullayev zimmasiga yuklatilsin.
Dostları ilə paylaş: |