часть
1
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
161
Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan
100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el
investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib,
ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy
mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.
Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga
xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi
maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish
va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish;
3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat.
1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish”
amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport
va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk
shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-
joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa
arzon narxda xususiy mulk etib berildi.
Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq
xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga
aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil
to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan
chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining
shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy
islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik
yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi
shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng
rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish,
qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor
“o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni
boyitishga ham qodir bo‘ladi”-deydi Prezident Islom Karimov.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat
qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini