O’zbekistonda bugungi kunda daryo va suv omborlari, kanallarga beriladigan suvlarni hisobga olish


O‘zanni rostlash inshootlarni loyihalash



Yüklə 333,84 Kb.
səhifə2/6
tarix08.06.2022
ölçüsü333,84 Kb.
#60922
1   2   3   4   5   6
1 ғ Kurs ishi O\'zan oqim dinamikasi — копия

O‘zanni rostlash inshootlarni loyihalash



O‘zanni rostlash- deganda inshootlarni va ekin yerlarini suv oqimlari tomonidan yuvilishdan va suv bosishidan ximoya qilish, suv olish davrida suv oqimi va oqiziqlarni yo‘naltirish, zararli oqiziqlarning kanallarga tushishini oldini olish, kema qatnovi uchun qulay sharoit yaratish va boshqa suv xo‘jaligi maqsadlarida daryolar rejimini tartibga solish bo‘yicha gidrotexnik tadbirlar majmuasi tushuniladi.
O‘zanlarni rostlash bo‘yicha bajariladigan ishlar insonning xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqqan holda daryo rejimini sun'iy o‘zgartirish uchun gidrotexnik tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
O‘zanlarni boshqarishda turli hil inshootlar qo‘llaniladi, ular ishlatilish maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
To‘g‘rilovchi - o‘zanlarni rostlash, kema qatnovini, suv olishni, yog‘och oqizishni, quritishni, suv ta'minotini yaxshilash va ko‘priklardan toshqin suvlarni o‘tkazish uchun;
Himoya qiluvchi - ekin yerlarini, aholi istiqomat qiluvchi joylarni va sanoat korxonalarini yuvilishdan va toshqindan ximoya qilish uchun;
Rostlovchi - suv oqimlarini boshqarish, suv kam bo‘lgan davrda (mejen davrida) kanallarga suv olishni ta'minlash, kanalga yirik tub oqiziqlarining tushishini oldini olish, qish vaqtida shovush va muzga qarshi kurash uchun.
Rostlovchi, himoya qiluvchi va to‘g‘rilovchi inshootlarning funksiyalari ko‘p hollarda birga qo‘shilib ketadi. Masalan, daryo qirg‘oqlarini yuvilishdan himoya qilish faqat suv va tub oqiziqlar oqimini boshqarish yo‘li bilan o‘zanni ketma-ket rostlagandagina samara berishi mumkin.
O‘zanlarni rostlash bo‘yicha inshootlarning asosiy konstruktiv shakllari quyidagilar:
Bo‘ylama dambalar oqim bo‘ylab yoki oqimga kichik burchak ostida joylashtiriladi va daryo o‘zani kengligini cheklaydi.
Oqimni yo‘naltiruvchi dambalar (to‘g‘ri chiziqli yoki egri chiziqli) oqimni ko‘prik, to‘g‘on, suv qabul qiluvchi inshoot tuynukiga yo‘naltirish va inshoot yuvilishini oldini olishga mo‘ljallanadi.
Zaprudalar o‘zanni qirg‘oqdan qirg‘oqqacha to‘sadi; ular mejen davrida suv oqimini tarmoq va irmoqlar bo‘ylab to‘liq yoki qisman yopishda qo‘llaniladi; muz oqimi va toshqin davrlarida to‘siqlarni suv bosadi, ba'zan esa muz portlashi vaqtida buziladi.
Poluzaprudalar - ko‘ndalang to‘g‘rilovchi inshootlar, ular bir tomoni bilan qirg‘oqqa, ikkinchi tomoni bilan esa o‘zanga normal holda yoki oqimga burchak ostida chiqadi. Toshqin davrida va muz oqimi vaqtida poluzaprudalarni suv bosadi; ular odatda oqimga qarshi qiya qilib o‘rnatiladi va oqimlarni qatlamlarga ajralishi prinsipi bo‘yicha ishlaydi, ya'ni yuqoridagi oqimni asosiy o‘zanga, tub oqimlarni esa qirg‘oqqa yo‘naltiradi.
Shporalar - qisqa, suv bosmaydigan yarim to‘siqlar, ular oqimga ma'lum burchak ostida o‘rnatiladi.
Qirg‘oqni mustahkamlash qirg‘oqni oqim va to‘lqinlar bilan yuvilish va buzilishdan himoyalaydi; ko‘p hollarda bunday istehkomlar qirg‘oq himoyalovchi yoki himoyalovchi deb yuritiladi.
Marza dambalari - bu tuproqli do‘ngliklardir, ular qayirni suv toshqinlaridan himoyalaydi; bunday inshootlar ba'zan o‘rovchi tuproq devor deb nomlanadi.
Oqim yo‘naltiruvchi tizimlar oqimni sun'iy qatlamlanishini keltirib chiqaradi va sirkulyatsion oqimlar hosil qiladi, bu oqimlar tub oqiziqlarini kerakli yo‘nalishga qarab buradi.
Tanasidan suv o‘tkazuvchi - suv sarfini o‘zan kengligi bo‘yicha qayta taqsimlash va qirg‘oq yonida sekinlashtirilgan (yuvmaydigan) oqim tezliklarini hosil qilish yo‘li bilan oqiziqlar to‘planishini boshqarish maqsadida quriladi.
Prorez - daryoning chuqur qismlarini birlashtiruvchi daryo tubidagi kanal.
Prokop - daryo burilishini to‘g‘rilovchi transheya-kanal.

Oqimga ta'sir etish xususiyatiga ko‘ra to‘g‘rilovchi, himoyalovchi va boshqaruvchi inshootlarni quyidagi ikki guruxga ajratish mumkin:


1) passiv ta'sirli inshootlar.


2) aktiv ta'sirli inshootlar.

Birinchi gurux inshootlarining maqsadi daryo oqimining zararli ta'sirini oqim yo‘nalishini o‘zgartirmagan xolda yo‘qotishdan iborat; bu ish bo‘ylama dambalar yoki mahkamlovchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi, ular oqimni qirg‘oqning yuviladigan qismlaridan ohista chetlatadi va girdrotexnik inshootlar va ko‘priklar yaqinida oqimni parallel oqishi uchun sharoit yaratadi. Ikkinchi guruhdagi inshootlar oqimga aktiv ta'sir ko‘rsatadi va oqim strukturasini kerakli yo‘nalishga qarab o‘zgartiradi.


Tuzilishi va qurilish materiallariga qarab inshootlar doimiy va muvaqqat inshootlarga bo‘linadi.
Doimiy inshootlar - bu ko‘p yillik injenerlik konstruksiyalaridir, ular mustahkam materiallar: tosh, beton, temir, armaturali beton, temir beton, beton plitalari yoki temir beton massivlar, gabion taxlamlar va h.k.lardan quriladi.
Muvaqqat inshootlar- sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaga qarshi kurash uchun iloji boricha tezroq quriladi va bunda ko‘pincha qo‘l ostidagi va uzoq chidamaydigan materiallar: shox-shabba, qoziqlar, tosh va shox-shabbali, qamishli va poxol taxlamlar, chim va h.k. qo‘llaniladi. Tuzilishi bo‘yicha ular ko‘ndalang to‘siqlar (dambalar, yarim to‘siqlar va shporalar) tizimi ko‘rinishida tayyorlanadi, ular butun oqimni yoki uning bir qismini yuviladigan qirg‘oqdan uzoqlashtiradi; keyingi vaziyatda inshootlar o‘rtasidagi bo‘shliqni loyqa bosish uchun sharoit hosil bo‘ladi.
Passiv va aktiv ta'sir etuvchi inshootlarning oqimga ta'sirining turli xilligi ularning turli ish sharoitini belgilaydi.
Passiv ta'sir etuvchi inshootlar (bo‘ylama inshootlar) oqimga o‘zinig butun uzunligi bo‘ylab bosh qismidan ohirigacha deyarli bir tekis ta'sir etadi. Aktiv ta'sir etuvchi (ko‘ndalang inshootlar), aksincha, og‘diriladigan oqimga notekis ta'sir qiladi: inshootning qirg‘oqqa birikadigan bosh qismi, ya'ni o‘zak, kichik tezlikli oqimning oz qismini og‘diradi, oqim ichidagi inshootning oxiri, ya'ni inshoot boshi, oqimning asosiy zarbini qabul qiladi. Inshoot o‘zagi (to‘g‘ri joylashtirilganda) katta yuvilishlarga uchramaydi, boshda esa voronka shakliga ega bo‘lgan yirik maxalliy yuvilishlar sodir bo‘ladi.
Ko‘ndalang shporalar boshidagi yuvilish voronkasi chuqurligi bo‘ylama inshootlar boshida hosil bo‘ladigan yuvilish chuqurligidan katta bo‘ladi. Biroq, yuvilish voronkalarining katta chuqurliklari kichik uzunliklarda va muayan joylarda to‘planadi, bu yerlarda ularni oldindan bilib zararli ta'sirini kamaytirish bo‘yicha choralarni ko‘rish mumkin. Shu sababdan, kerakli bo‘lgan maxkamlash kattaligi bo‘yicha ko‘ndalang inshootlar ko‘pincha bo‘ylama inshootlardan ko‘ra afzalroq bo‘lib chiqadi.
Ko‘ndalang inshootlar ta'sirining o‘ziga xos xususiyati u inshootdan ancha bo‘lgan masofaga tarqaladi, ya'ni ta'sir masofasi inshoot uzunligidan 4-6 marta katta bo‘ladi. Shu sababli, ko‘ndalang inshootlarning joylashish fronti (daryoning himoya qilinadigan qismi) bo‘ylab umumiy uzunligi bo‘ylama inshootning (uning uzunligi front uzunligiga teng) uzunligidan kichik bo‘ladi. Qirg‘oqni himoya qilish ishlarida front uzunligi katta bo‘lganda bu juda muhim ahamiyatga ega.
Bo‘ylama inshootlarning afzalligi shundan iboratki ularga oqim silliqroq tegadi (yuvilish chuqurligi kam bo‘ladi), va oqim tezliklari suvni qabul qiluvchi inshootlar va ko‘priklarga yaqinlashganda tekislanadi.
Qaysi qurilish materiallarini ishlatish asosan inshootning belgilangan maqsadi, mahalliy sharoitlar, daryo o‘zanini qoplagan gruntlar xarakteri va ishlarni bajarish sharoitlariga bog‘liq.

Yüklə 333,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin