Zarpechakkaqarshi uyg’unlashgan kurash choralari. Zarpechak qishloq xo’jaligi ekinlari hosilining ko’plab yo’qotilishiga sabab bo’ladi. Zararlangan o’simlik avval o’sishdan qoladi, keyin esa sarg’ayadi va xalok bo’ladi. Markaziy Osiyo davlatlarida aloxida yillarda zarpechak tufayli 50% dan ortiq beda xosili yo’qotilgan. Zarpechakdan kanop, tamaki, lavlagi va sabzavot ekinlari kuchli zarar ko’radi. Zarpechak tarkibida ko’s-kudin alkaloidlari va ko’stalin saklaydi. Hayvonlar zarpechakli xashakni eganda ularda ich ketish kasalligi kuzatiladi.
Dalani zarpechakdan tozalash komleks profilaktikani agrotexnik va kimyoviy kurash choralarini qo’llashni talab kiladi. Ekishda faqat tozalangan urug’larni ekish kerak. Tuproqqa fakat to’la chirigan go’nglardan foydalanish kerak. Ekinlar ekishda to’g’ri almashlab ekishga amal qilmoq lozim, bunda zarpechak bilan zararlanmaydigan yoki kam zararlaydigan - g’alla, kungaboqar, kanop, qovoq va boshkalardan ekish kerak.
Zarpechakning tarkalishini oldini olishda chorvani zarpechak bilan kuchli ifloslangan dalalarga o’tlatish uchun qo’yib yubormoq yaramaydi.
Zararlangan ekin manbaini zarpechagi bilan birga o’rib olib, o’sha joyni o’zida quritib, shu xo’jalikdagi chorvaga em uchun beriladi. Bunda o’rib olganda begona o’tlar gullamagan davri ya`ni gullaguncha bo’lgan davrda o’rib olinadi. Maydon esa gerbicid bilan ishlov beriladi yoki xaydaladi.
Zarpechak karshi Alternaria. zamburug’i xam yaxshi ta`sir qiladi.
Kakraga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari Kakra hamma ekinlarni, bog’larni, tokzorlarni, o’tloq va yaylovlarni ifloslaydi. Kanal bo’ylari, asfalьt yo’l yoqalarida juda mo’l o’sadi. Kakra ildizidan toksinlar ajratib madaniy o’simliklarning xalok bo’lishiga sabab bo’ladi.
Kakraga qarshi kurashishda agrotexnik kurash choralari ayniqsa axamiyatlidir. Bunda, to’g’ri almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, ekinni rivojlanishi uchun sharoit yaratish kerak. Ba`zida yaxshi ishlov berilgan shudgor xam begona o’t nobud bo’lishini ta`minlay olmaydi. Shuning uchun kakra bilan kuchli ifloslangan erlarda begona o’tni bir necha yillarda yo’qotish uchun maxsus almashlab ekish qo’llaniladi. Misol uchun quyidagicha almashlab ekishni qo’llash mumkin: 1) qora shudgor 2) kuzgi javdar (ko’k em uchun) 3) kuzgi bug’doy g’alla uchun 4) qora shudgor 5) kuzgi bug’doy don uchun 6) kuzgi javdar ko’k em uchun.
Xamma dalalarda kuzgilarni yig’ishtirib olgandan keyin tuproqqa yarim shudgor ishlov beriladi.
Kakraga qarshi eng samarali gerbifag kakra nematodasi rangsiz xisoblanadi, undan tashqari kakra biti — kakra kurtak gallicalari xam bor.
Makkajo’xorida to makkajo’xori ungunga kadar simazin 80 % li (1,9-7,5 kg/ga) yoki 50 % lisi 3-12 kg/ga, atrazin 50 %li 3-8 kg/ga.
Asosiy adabiyotlar:
O’simliklar karantining umumiy asoslari fanidan amaliy mashg’ulotlar. Us.ko’rsatma. ToshDAU, 2011. -48 b
Sheraliev A., Ulmasbaeva R. -Qishloq xo’jalik o’simliklari ekinlari karantini. (o’quv qo’llanma) «O’qituvchi» nashriyoti. Toshkent, 2007. -37 b
Xo’jaev Sh.T. O’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalari. Toshkent, 2015