O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati


MAVZU: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə2/2
tarix13.06.2023
ölçüsü26,69 Kb.
#129659
1   2
tarix

MAVZU: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi
O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi va uning Jahonshumul tarixiy ahamiyati.

O’zbekistonda huquqiy demokratiya

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi

80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.

1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.

I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.

1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr – Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi.

Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri – xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi.

O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.

1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi.

Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko`p o`tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va odatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o`rganildi.

1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo`limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti: Xalq hokimiyati: Fuqarolar huquq va erkinliklirni ta`minlash: qonuniylik: hokimiyatni ajratish: mahalliy o`z-o`zini boshqarish: sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya, 6 bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi fuqorolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning stategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g`oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqilik Konstitutsiyasi barcha qonunlarining va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarini huquqiy xujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi.

O`zbekiston mustaqillik tomon yo`l tutar ekan birinchi kunlardan boshlab, uning tepasida Islom Abdug`aniyevich Karimov turibdi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatlarda o`rnatilgan ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy barqarorlik tarixiy, diniy, qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoishitalikni, mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. 1996 yili Venada (Avstriya) XX asr xalqlar dohiylari nomida bosib chiqarilgan kitoblarining bir jildi O`zbekiston Prezidentiga bag`ishlang`an. Kitob mualliflaridan biri, Garvard Universitetining professori Donald S.Karlaysh … Islom Karimov kommunizmdan keyingi O`rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir, deb tan beradi.

Islom Karimovning har bir asari, ma`ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. Istiqlolning boshlang`ich bosqichida yorug`likka chiqqan O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo’li O`zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li va boshqa bir qancha asarlarida bayon etilgan.

O`zbekiston Mustaqilligining birinchi navbatda kechiktirilmas ijtimoiy — siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy-ma`rifiy vazifalari keyinchalik O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida, Demokratik islohatlarni chuqurlashtirish vazifalari va boshqa asarlarida o`z rivojini topdi.

O`zbekistonning yaqin o’tmishda va XX asrninng so’nggi o`n yilida o’tgan yillari mustahkamlashning strategik to’plangan kitoblari xorijiy mamlakatlarda chop etilgan. I.A.Karimovning O`zbekiston XXI asr bo’sahasida, O`zbekiston XXI asrga intilmoqda asarlarida bayon etib beriladi.

I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini holisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodni tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib beriladi.

O`zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug`i mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoishtalik, tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi.

I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi. O`zbekiston xalqining buyuk yo`lboshchisi, mamlakatininggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.

O`zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng Qoraqalpog`iston mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilindi.

1990 yilning 14 dekabrida Qoraqalpog`iston respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g`risida Deklaratsiya qabul qilindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashi o`zining XII sessiyasida 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi suveren respublikasining barcha davlat ramzlariga egadir. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog`iston davlat bayrog`i tasdiqlandi.

1993 yilning 9 aprelida XIII sessiyada davlat gimni tasdiqlandi.

Mustaqillik yillari yangi mustaqil O`zbekistonning milliy davlatchiligi poydevorini yaratish sohasida puxta va izchil ish yuritilgan davr bo`ldi. Faqat mustaqilikni qo`lga kiritgandan so’nggina xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan mustaqil O`zbekiston yangi davlatni qurishga va rivojlantirishga kirishdi.

Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an`analari chorizm mustamlakasi davrida batomon inkor etilgan edi. Mustaqil O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an`analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo`llarini ishlab chiqdi.

Mustaqillikka erishilgandan so’ng xalqimiz oldida keskin muammolar paydo bo’ldi. Ularni hal qilmasdan turib, demokratiya va hokimiyatni taqsilmash printsiplariga asoslangan yangi davlatchilikni barpo etish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish mumkin emas edi.

Bu jarayonda quyidagi ikkita vazifani hal qilish nihotyada zarur edi.

Birinchidan eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimini unga muvofiq bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish:

Ikkinchidan, yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Konstitutsiya va qonunlarda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini, ham markazdagi, ham joylardagi davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini mustahkamlab qo’yish.

O`zbekiston Respublikasi huquqiy davlat qurilishining kafolati O`zbekiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo’lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborot deb ko’rsatilgan. Bu organlar faoliyati yorqin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir.

O`zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Oliy Majlisi bo’lib u 1994 yil 24 dekabrda partiyaviylik va muqobillik asosida saylandi. Oliy Majlis tarkibida 250 deputat bo’lib, ulardan 120 kishi viloyatlar deputatlari kengashdan saylangan, qolganlari esa har xil partiyalar vakillaridir.

Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli joriy qilishini mamlakat boshqaruv tizimini isloh qilishning boshlanishi bo’ldi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyatining boshlig`i bo’lib, bir vaqtning o`zida Vazirlar Mahkamasining Raisi vazifasini ham bajaradi. Prezident fuqarolar yorkanligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O`zbekiston qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy sohalardagi vazifalarning bajarilishni, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlarining ijro etilishini ta`minlaydi. Sobiq Sovetlar davridagi hokimiyat organlaridan hozirgi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi tubdan farq qilib, bu tizim jamiyat hayotida muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi.

Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqqan holda va O`zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g`risidagi qonunga muvofiq viloyat, shahar va tumarlarda hokim lavozimi ta`sis etildi. Hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Fuqarolar yig`ini, Oqsoqollar Kengashiga 1998 yil noyabr-dekabr oylarida o’tgan saylovlarda mahalliy organlarga ko’pchiligi oliy ma`lumotli, ko’p tajribaga ega kadrlar ishga tortildi.

Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklirini to’la darajada ta`minlaydigan qonun ustuvor bo’lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat`iyan rioya qilishni talab etadi.

O`zbekistonda demokratik jarayonlari chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimiga besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Harbiy sudlar tizimi, Qoraqalpog`iston Respublikasi oliy sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyat rayon va shahar sudlari kiradi.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilab berilgan fuqarolarning saylash va saylanish huquqlarining asosiy tamoyillariga muvofiq demokratik jamiyatga xos saylov tizimi shakllantirildi. 1991 yil 18 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g`risida, 1993 yil 28 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g`risida, 1994 yil 5 mayda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga saylov to’g`risida O`zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.

Demokratik jamiyatning barpo etilishida turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishi va qaror topishi muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda 4 ta siyosiy partiya va 1 ta jamoatchilik harakati faoliyat ko’rsatmoqda.

O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda tashkil topgan. Uning o`z safida 420 mingdan ziyod a’zosi bor. Partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi A.M.Jalolov.

Vatan taraqqiyoti partiyasi 1992 yil may oyida tuzilgan bo’lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a`zo bor.

Adolat sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil fevralda tashkil topgan bo’lib, 30 mingdan ortiq a`zosi bor.

O`zbekiston Milliy Taklanish demokratik partiyasi 1995 yil iyunida tashkil topgan. Saflarida 6 mingga yaqin a`zosi bor.

1998 yil dekabrda ”Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi” tashkil topgan edi. 2000 yil aprelda maqsad va vazifalari mamlakatni har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’lgan Vatan taraqqiyoti va Fidokorlar partiyasi yagona partiyaga birlashdilar, mamlakatda 1995 yil iyun oyida ta`sis etilgan Xalq birligi harakati faoliyat ko’rsatmoqda.

Shuningdek, istiqlol yillarida O`zbekistonda turli jamoat tashkilotlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Bu ijtimoiy uyushmalar orasida eng omaviysi kasaba uyushmalari bo’lib, tarkibida 7,5 mln a`zo bor.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng kattalari — O`zbekiston yoshlarining Kamolot jamoatchilik harakati, O`zbekiston Nuroniy jamg`armasi va boshqalardir.

O`zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko’p millatli davlat. Respublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat`i nazar teng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini tashkil etadi. Respublikada 80 ta milliy madaniy markazlar tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yilning yanvaridan buyon madaniy markaz boshqarib boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan. Bu O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning garovidir.
Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin