O’zbekistonda davlat va din munosabatlari
Reja:
1
O’zbekiston Respublikasida davlatning din bilan munosabatlari mazmun-moxiyatini belgilovchi qator tamoyillar.
2
O’zbekiston milliy mafkurasida din va siyosatning o‘rni.
3
Dunyoviy davlatda siyosat va din munosabatining xuquqiy me’yorlari.
1. O’zbekiston Respublikasida davlatning din bilan munosabatlari mazmun-moxiyatini belgilovchi qator tamoyillar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNING DIN BILAN MUNOSABATLARI MAZMUN-MOXIYATINI BELGILOVCHI QATOR TAMOYILLARGA QUYIDAGILAR KIRADI:
— dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish;
— diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
— diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
— ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati;
— dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
Dostları ilə paylaş: |