O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari


Ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish texnologiyasi va texnik ta’minoti



Yüklə 130,67 Kb.
səhifə10/12
tarix25.12.2023
ölçüsü130,67 Kb.
#195060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari v-fayllar.org

5. Ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish texnologiyasi va texnik ta’minoti.
Hozirgi vaqtda moliyaviy tahlilning avtomatlashtirilgan tizim(MTAT)ning yangi iste’molchilari — yirik tijorat banklarining menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtirish, balki banklarni boshqarishning samaradorligini oshirish, moliyaviy muvozanatni saqlab qolish, barqaror foyda olish imkoniyati muhimdir. Shuning uchun ham yirik banklarning MTATi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
• korxonadagi ishlaming joriy holati haqida tezkor, doimo o ‘zgarib tumvchi
axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o ‘z resurslaridan samarali
foydalanishga harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, tovarlar va boshqa mablagiaming harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zararlar ko‘rishi mumkin boigan yirik savdo uylari uchun ham, hamda katta hajmdagi mablagiaming doimiy harakati sodir boiadigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e’tibor tezkor tahliliy hisoblarni va kiritilgan moliyaviy resurslardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlami olishga qaratilishi kerak;
• birlashtirilgan holda ham boshqarish, ham umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni olish imkoniyati. Yirik korxonalar filiallar va uzoq masofadan omborlarga ega boiishlari mumkin. Bundan tashqari, bunday korxonaning mablagiari mulkdorlar gumhiga tegishli boiishi mumkin. Shuning uchun ham bunday tizimlardan markazdan turib tezkor boshqarish uchun ma’lumotlami almashtirishni amalga oshirish imkoniyatiga ega uzoqlashtirilgan ish joylarining mavjudligi muhimdir.
Ushbu talablarga javob beruvchi tijorat banklari MTATni markazlashtirilgan boshqaruvga ega tarmoqda hisob xodimlarining AIJ majmuasi asosida yaratish maqsadga muvofiqdir.


1
BB
QMLM

UMA


SZ

3

2



yo’q



ha



4
BB
QMLM

UMA


Formula bo’yicha hisoblash


5
SZ


6




7


5-rasm. Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonini blok-sxemasi


5-rasmda Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonini blok-sxemasi tasvirlangan. Unda quyidagilar:
1-blok: buxgalteriya bo’limidan ma’lumotlar olinadi, moliyaviy tahlilni avtomatlashtirishda kerak bo’ladigan ma’lumotlar, ma’lumotlar qabul qilib olinadi.
2-blok: kiritilgan ma’lumotlar hammasimi yo’qmi tekshiriladi. Agar ma’lumotlar to’liq bo’lsa 3-blokka o’tadi, aks holda, 4-blokka o’tadi.
3-blok: kamchiliklarga tuzatishlar kiritiladi va buxgalteriya bo’limiga yuboriladi.
4-blok: ma’lumotlar ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, o’zgaruvchilar ma’lumotlar bazasida saqlab turiladi.
5-blok: kiritilgan ma’lumotlarni formulalarga kiritib masalani yechiladi.
6-blok: chiqqan natijalarni ma’lumotlar bazasiga yozadi, natijalarni ma’lumotlar bazasiga saqlash.
7-blok: masalaning yechimini chop etish, masalaning yechimini rahbariyatga uzatish.
Yuqoridagi texnologiya asosida tijorat banklarida moliyaviy tahlillarni avtomatlashtiriladi.

Xulosa
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir.
O`zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadijahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o`rtasida raqobat bo`lishini ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko`zda tutadi.
Hozirgi kunda Respublikamiz banklarida zamonaviy texnologiyalar bo`lmish, elektron to`lovlar, mamlakatlar o`rtasida elektron pul o`tkazmalari kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo`llanilib kelinmoqda. Shu bilan birga xozirgi kunda jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida «Internet-banking» tizimi qo‘llanilib yaxshi samaraga erishishmoqda. «Internet-banking» bu – mijoz o‘z bank hisob varaqlarini internet orqali boshqarish hizmatidir. Ushbu tizimni respublikamiz banklariga joriy etilishi ham davr talabidir.
Bu tizimdan foydalanish uchun mijoz, qaysi bank unga hizmat ko‘rsatsa, o‘sha bankning veb-saytidagi «Internet-banking» tizimidan ro‘yxatga o‘tadi va hech qanday to‘lovlarsiz tizimdan foydalanishi mumkin.
Milliy bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga Internet-banking xizmatini ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. SHuningdek, bank mijozlarining elektron pochta manzillariga mijozlarning hisobraqamlaridagi qoldiq va ularning aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam berib borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda.
Banktizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari bank operatsiyalari bajarilishini osonlashtiradi, yirik birlashmalar va korxonalar uchun hisob –kitoblar va to`lovlar o`tishini tezlashtirishga yordam beradi.
Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o’rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatadi.
Xulosa sifatida, hozirgi kunda korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash manbalari va axborot tizimi zamon talabiga javob berilishi lozimdir.
Agarda korxona axborot bilan ta'minlash manbalari eskirgan bo’lsa, unda korxona boshqaruvini axborot bilan ta’minlash mushkul bo’ladi. Bu muammoni hal qilish korxonaning rahbariga yuklatilgan. Rahbar o’z imkoniyatlariga qarab korxonaga yangi zamon talabiga mos kompyutor va texnikalarni o’z vaqtida sotib olishi, ishchilar o’rtasida kerakli anjuman va treninglar olib borishi kerakdir.


Yüklə 130,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin