Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
Sudya
Amaldagi tartibga ko`ra, «Sudlar to`g`risida»gi qonunning 63-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais o`rinbosarlari, sudyalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o`rinbosarlari, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O`zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi
Respublika bo`yicha 1380 sudyalik shtati bo`lib, joriy yilning 8 yanvarь holatida 1147 nafar sudyalar faoliyat yuritmoqda. 2018 yil davomida ilk bor sudьyalik lavozimiga 5 yillik muddatga 112 nafar, 10 yillik muddatga 129 nafar, 17 nafar sudьyalar muddatsiz davrga tayinlangan (saylangan).
Bu bo`yicha amaliyotga e’tibor qaratadigan bo`lsak, 2019 yil 8 yanvar holatida jami 645 nafar shaxs ilk bor sudьyalik lavozimiga tayinlangan bo`lsa, ularning 250 nafari 35 yoshga to`lmagan sudьyalar hisoblanadi.
Joriy yilning o`zida 1 ming 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli bo`lmaganligi sababli tugatildi, sudlar tomonidan 590 nafar shaxs oqlandi. Vaholanki, bu raqam 2016 yilda – e’tibor bering – bor-yo`g`i 28 tani, 2017 yilda esa 263 tani tashkil etgan edi.