O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati



Yüklə 16,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.12.2022
ölçüsü16,2 Kb.
#72823
  1   2   3   4


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
Elektron hukumat bo'yicha loyihalar
O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish
holati
Bugungi kunda "elektron hukumat"tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi
manbalarda, elektron hukumatgadavlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini
avtomatlashtirish deb qaralsa,boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes
vakillari, davlatorganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishdaaxborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy
ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni
va boshqaruvniichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida
ishtirokinidoimiy optimallashtirishdir. Elektronhukumat aholiga, tadbirkorlarga va
davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishniosonlashtiradi,
fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimchaimkoniyatlar yaratadi, ularning
texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini
osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
· G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga
· G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga
· G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga
"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadiinteraktiv xizmatlarini taqdim etishning
imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv
apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi
ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni
alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy
jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi,
axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va
biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga
xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga
davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabielektron hukumatni
shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.
1 / 4



Yüklə 16,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin